2022 yilda 11 162 ta obektning quriliş işlari belgilangan normalarga töğri kelmasligi bois rad etilgan. Bu haqda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, quriliş-montaj işlari tugallangan bino va inşootlardan foydalanişga ruxsat beriş böyiça 16 576 ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 11 162 ta obektning quriliş işlari belgilangan normalarga töğri kelmasligi bois rad etilgan.
Obektlarning quriliş jarayonida 4 xil turdagi nazorat: pudrat taşkilotining içki nazorati, loyiha taşkilotining mualliflik nazorati, buyurtmaçi taşkilotining texnik nazorati va inspeksiyaning davlat nazorati yuritiladi.
Bugungi kunda quriliş işlarida sifat va nazoratga birlamçi masala deb qaralmoqda va bu işlar qat’iy davom ettiriladi, deyiladi ma’lumotda.
Bildirilişiça, respublika hududlari seysmik ball körsatkiçlari böyiça zonalarga bölingan.
Şundan kelib çiqqan holda, boş rejalarda hududlarda obektlarni joylaştirişda mazkur seysmik ball körsatkiçlari inobatga olinadi.
Loyiha taşkilotlari tomonidan obektlar hududning belgilangan seysmik ballidan kelib çiqqan holda loyihalaştiriladi.












