Joriy yilning may oyidan Özbekistonda elektr energiyasi va gaz narxlari erkinlaştirilişi mumkin. Bu haqda Markaziy banki raisi örinbosari Behzod Hamroyev Gazeta.uz’ga bergan intervyusida aytib ötgan.
“Liberallaştiriş may oyida boşlanişi mumkin. Bu inflatsiya prognoziga kiritilgan”, degan u.
Avvalroq, Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan “Pul-kredit siyosatining 2023 yil va 2024-2025 yillar davriga möljallangan asosiy yönalişlari”ga köra, asosiy ssenariyda elektr energiyasi va gaz narxlari bosqiçma-bosqiç bozor narxlariga yaqinlaştirilişi, muqobil ssenariyda esa elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari inflatsiya darajasida indeksatsiya qilib borilişi közda tutilgandi.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari sönggi bor 2019 yil avgust oyida oşgandi. Ötgan yili hukumat 1 iyuldan elektr va gaz böyiça tabaqalaştirilgan tariflarni joriy etmoqçi bölgandi. Lekin bu qaror qabul qilinmadi.
Energetikaga budjetdan subsidiyalar “xalqqa yordam bölişi” uçun joriy qilingani iddao qilinsa-da, mutaxassislarning fikriça, bunday tizim soha rivojlanişiga tösiq bölib qolaveradi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev ham 2022 yil yakuni böyiça parlamentga murojaatida energetika inqirozi masalasiga töxtalib, birinçi marta tariflarni tabaqalaştiriş haqida gapirgandi. Ya’ni muayyan limitdan köproq gaz va elektr işlatadigan badavlat qatlam bozor narxida tölaşi kerak, çunki bu resurslar davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya hisobiga arzon sotiladi. Şavkat Mirziyoyev tabaqalaştirilgan tariflarga va umuman erkin bozorga ötiş bosqiçma-bosqiç bölişini ta’kidlagandi.










