«Zang» filmini suratga oliş vaqtida halok bölgan operator Galina Xatçinsning Ukrainada yaşovçi qarindoşlari uning ölimiga aloqador bölgan kinoprodyuser va aktyor Alek Bolduin ustidan sudga murojaat qilişdi. Xatçinsning ota-onasi va singlisi advokati Gloriya Ollred bayonotiga köra, aktyordan tovon tölaş talab qilinmoqda, çunki Galinaning yöqotilişi uning yaqinlari uçun oğir, sababi ular Rossiyaning Ukrainaga bosqinida omon qolişlari kerak, deb xabar berdi AFP 9 fevral, payşanba kuni.
Advokatning sözlariga köra, Xatçinsning onasi Olga Solovey yaralangan askarlarga ğamxörlik qiluvçi hamşira bölib işlaydi, öldirilgan operatorning singlisi Svetlana esa eri jangovar harakatlarda qatnaşayotgan paytda ikki farzandiga yolğiz qaraşga majbur. Ollred oilaning Bolduinga qarşi da’volarini Galina tirik bölganida «ularning mamlakatda qolişiga yöl qöymagan bölişi» va «ularni AQŞga olib ketişi mumkin edi» deb asoslaydi.
Xatçinsning onasi va singlisi advokat tomonidan taqdim etilgan videoda qarindoşining yöqotilişi ular uçun katta qayğu ekanligini va uning ölimida aybdorlar jazodan qoçib qutulmasligini istaşlarini aytib, özlarini boşqa joyga köçiriş böyiça yordam körsatişni söraşdi.
Galina Xatçins 2021 yil oktyabr oyida «Zang» vesternining suratga oliş maydonçasida vafot etdi – Bolduin jinoyatçi sifatida töpponçadan öq uzişi kerak bölgan sahnani suratga oliş çoğida u tasodifan operatorni haqiqiy quroldan öqqa tutdi.
Avvalroq Galinaning turmuş örtoği Metyu Xatçins aktyorni sudga bergan, biroq 2022 yil oktyabr oyida aktyor bilan kelişuvga erişib, da’voni qaytarib olgan edi. Erkakning sözlariga köra, u Galinaning ölimi «baxtsiz hodisa» ekanligini tan oladi va filmni işlab çiqargan Alek Bolduin va Rust Movie Productions LLC’ni ayblaşdan manfaatdor emas.
Buning örniga, bayonotga köra, Xatçins xotinining sönggi işiga hurmat körsatişni xohlaydi, şuning uçun film suratga olişda davom etadi, uning özi film prodyuseriga aylanadi.
Fuqarolik da’volarini hal qiliş aktyorga qöyilgan barça ayblovlarni olib taşlamaydi - fevral oyi boşida Nyu-Meksiko ştati prokuraturasi uni qotillikda, şuningdek, qurol va öq-dorilar böyiça mas’ul rejissyor yordamçisi Xanna Guteres-Ridni odam öldirişda aybladi.
Agar aybdor deb topilsa, har biri 18 oygaça qamoq jazosi va 5000 dollar jarimaga tortilişi mumkin. Biroq bu işga öqotar qurolning aloqadorligi jazo muddatini beş yilgaça oşirişi mumkin.













