Braziliya prezidenti Lula da Silva 10 fevral, juma kuni AQŞda amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan bölib ötgan uçraşuvda AQŞ va Braziliyaning demokratik institutlari hujumga uçragani hamda ikkala davlat kelajakda şunga öxşaş hodisalarning oldini oliş uçun birgalikda harakat qilişi mumkinligini aytib ötdi. Siyosatçilar uçraşuvidan iqtiboslar dpa agentligi tomonidan taqdim etilgan.

Ikkala mamlakatda demokratiya «sinovdan ötdi», dedi Bayden va u «ğalaba qozongan» bölsa- da, AQŞ hamda Braziliya öz qadriyatlarini, şu jumladan birgalikda qöllab-quvvatlaşni davom ettirişi kerakligini bildirdi. Da Silva hamkasbining fikriga qöşilib, özidan oldingi prezident Jair Bolsonaru «Braziliyani yakkalab qöygani» va prezidentlik davrida xalqaro munosabatlarni yetarli darajada yaxşilamaganini ta’kidladi.

«Uning dunyosi ertalab, tuşdan keyin va keçqurun «feyk yangiliklar» bilan boşlanib, tugadi», dedi da Silva. Bunga javoban, Bayden bu «unga taniş ekani»ni ta’kidladi, u AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning pozitsiyasini nazarda tutgan bölişi mumkin.

Uçraşuvda tomonlar iqlimni himoya qiliş sohasida qöşma işlarni kengaytiriş istagini bildirdi – da Silvaning saylovoldi va’dalari orasida ekologik kun tartibiga e’tibor qaratgan yondaşuvi nafaqat AQŞda, balki Germaniyada ham yuqori baholandi.

Biroq, Bayden va da Silva örtasidagi suhbatdan keyin aniq qarorlar qabul qilinmadi, aslida Amerika prezidenti Amazoniyani himoya qiliş uçun Braziliya tomonidan maxsus yaratilgan fondni qöllab-quvvatlaşini e’lon qilişi kutilgan edi.

Şu bilan birga, Oq uy da Silvaning Ukrainadagi uruşni Kiyev iştirokisiz tugatiş böyiça Rossiya bilan muzokara ötkaziş ğoyasini rad etdi. Braziliya prezidenti Rossiya, Xitoy, Indoneziya, Hindiston va AQŞ kabi davlatlar rahbarlari bilan Ukrainada tinçlikka erişiş zarurligini muhokama qiliş niyatida ekanligini ta’kidladi, biroq u Ukrainani uçraşuvlar iştirokçisi sifatida tilga olmay, Kiyev va Moskva örtasida vositaçi bölişi mumkinligini körsatdi.

Bunga javoban, AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi «muzokaralar maqsadga muvofiqmi yoki yöqmi, agar şunday bölsa, qanday şaroitlarda ötkazilişi prezident Zelenskiyning öziga boğliq», dedi hamda Bayden ham şunday pozitsiyada ekanini bildirdi.

Yanvar oyi boşida Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru tarafdorlari uning saylovlardagi mağlubiyatini tan olişdan boş tortgan holda, Milliy kongress, Oliy sud va davlat rahbarining mamlakat poytaxti Braziliyadagi qarorgohiga bostirib kirişgan edi.