Rossiya bilan uruş olib borayotgan davlatning xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rossiya hozirgi körinişida mavjud bölib qolmasligiga urğu bergan. Maqoladagi asosiy fikrlar quyidagilardan iborat:

«Rossiya – nafaqat Ukrainaning muammosi. Qorason kabi tarqalgan bu muammo butun dunyoga tahdid solmoqda».

«Rossiya butun asrlar davomida bunday davlat huquq va erkinliklarni hurmat qila oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni tan oladigan demokratik davlat böla olmasligini isbotlab kelmoqda».

«Putinizm mafkurasi – zamonaviy faşizm şakli (raşizm) bölib, uning boş mafkurasi irqiy ustunlikka asoslangan».

«Rossiya ayni paytda mavjud bölib turgan çegaralarda va şaklda saqlanib qolmasligi kerak. Rossiyaga xos bosqinçilik instinkti xavfi batamom yöqolişi uçun u transformatsiyaga duçor qilinişi lozim».

«Rossiya Ukrainaga va jahonga tahdid qilayotgan barça narsalardan mahrum etilişi lozim».

«Avval taşqi, söngra içki mustamlakaçilikdan xalos qilişning töliq sikli yakunlanidan söng va hududida bir qator mustaqil davlatlar şakllantirilgaç, Rossiya insoniyatga tahdid böla olmay qoladi».

«Jahon toki örta asrlarda qolib ketgan va barçani xurofot tomon yetaklayotgan Rossiya körinişidagi eski va zanglagan toşni oyoğida sudrab yurar ekan, gen injyeneriyasi, sun’iy intellekt, yulduzlar tomon uçiş, hayot va ölim sirlari oçiladigan kutayotgan kelajak tomon harakat qila olmaydi».

«Rossiyani xavfsiz körinişda demontaj qiliş borasidagi suhbatlar qançalik tez boşlansa, butun jarayon şunçalik tez va oğriqsiz ötadi».