Estoniya hukumati Kreml siyosatini faol qöllab-quvvatlagan «Ölmas polk» aksiyasi koordinatori Sergey Çaulinning uşbu mamlakatda yaşaş ruxsatnomasini bekor qildi. Estoniyaning ERR.ee internet naşri 15 fevral, çorşanba kuni xabar berganidek, Çaulin 14 fevral kuni keçqurun Estoniyani tark etgan. Keyinçalik uning özi jurnalistlarga Rossiyaga yetib kelganini aytdi.  

Qayd etilişiça, «fuqaroligi aniqlanmagan şaxs» - Sergey Çaulinning Estoniyada yaşaş uçun ruxsatnomasi xavfsizlik politsiyasi taşabbusi bilan haqiqiy emas deb topilgan. Politsiya va çegara qöriqlaş boşqarmasi matbuot xizmati xabariga köra, qonun xorijlik şaxs jamoat tartibi va milliy xavfsizlikka tahdid soladigan bölsa, bunday çora qöllaşga ruxsat beradi. 

«Sergey Çaulin uzoq vaqt davomida Rossiyaning duşmanlik taşviqotini faol ravişda olib bordi. U yillar davomida antifaşistik harakat bayroği ostida milliy va siyosiy nafratni qözğatdi», - deya hujjatdan iqtibos keltiradi ERR.ee. «Rossiyaning Ukrainaga qarşi ötgan yilning 24 fevralida qayta boşlangan asossiz tajovuzkorligi bunday faoliyat xavfini tuşuntiradi», — deyiladi press-relizda. 

Xavfsizlik politsiyasi vakili Sergey Çaulin «Estoniya Respublikasidan Rossiyaga öz ixtiyori bilan çiqib ketganini» aytdi. Ayni paytda, Çaulinning özi politsiyaga «Ölmas polk» portretlarini berişmoqçi bölgani bahonasida taklif qilinganini, şundan söng «unga 30 sahifalik ayblov qöyilgani, telefoni, hujjatlarini olib qöyişgani va çiqarib yuborişganini» aytib ötdi.