Qayd etilişiça, prezidentning 2022 yil 21 iyundagi PQ-289-sonli qaroriga asosan 2023/2024 öquv yili qabulidan boşlab pedagogik kadrlar tayyorlovçi oliy ta’lim muassasalarining quyidagi 14 ta ta’lim yönalişlari böyiça sirtqi ta’lim şakliga qabul amalga oşirilmaydi:

60110600 — Matematika va informatika
60110700 — Fizika va astronomiya
60110800 — Kimyo
60110900 — Biologiya
60111000 — Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
60111400 — Özbek tili va adabiyoti
60111500 — Ona tili va adabiyoti (tillar böyiça)
60111600 — Özga tilli guruhlarda özbek tili
60111700 — Özga tilli guruhlarda rus tili
60111800 — Xorijiy til va adabiyoti (tillar böyiça)
60112000 — Çaqiriqqaça harbiy ta’lim
60112500 — Maktab menejmenti
60112600 — Maktabgaça va boşlanğiç ta’limda xorijiy til (tillar böyiça)
60112700 — Maxsus pedagogika (faoliyat turlari böyiça)

Yuqoridagi körsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yönalişlariga sirtqi ta’lim şakli böyiça öqişga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida beş yillik iş stajiga ega bölgan şaxslar qabul qilinadi.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yönalişlarida sirtqi ta’lim şakli böyiça öqiş istagida bölgan şaxslarning ta’lim tizimida kamida beş yillik pedagogik iş stajiga ega ekanligi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.