Turkiyada yaqinda sodir bölgan zilzilada tuproq bilan boğliq muammolar binolarning katta qismi vayron bölişiga olib keldi. Bu haqda Atrof-muhit, şaharsozlik va iqlim özgarişi vaziri Murot Qurum Yeni Şafak gazetasiga ma’lum qildi.
«Binolarning aksariyati tuproq tufayli, uning maydalanib ketişi oqibatida va muhandislik xizmatlari yöqligi sababli vayron böldi», dedi vazir.
Qayd etilişiça, qulagan uylar 1999 yildan oldin, halokatli zilziladan keyin qurilgan. Öşa fojiadan söng mamlakatda zilzila ehtimoli bor hududlarda quriliş qoidalari kuçaytirilgan edi.
Qurum sözlariga köra, jiddiy şikastlangan binolar köp va ular buzib taşlanadi.
«Yer silkinişlari hali ham davom etmoqda. Ğoziantepdagi zararni uç kun içida, Turkiyadagi zararni 1 hafta içida hisoblab çiqişni rejalaştirmoqdamiz», dedi vazir.
18 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bölgan 1999 yildagi halokatli zilziladan söng Turkiya turar joy binolari qurilişini tartibga soluvçi qoidalarni qayta körib çiqdi. Xususan, 2007 yilda zilziladan himoya qiliş uçun zarur bölgan talablarni hisobga olgan holda uy-joy quriş kodeksi qabul qilindi.
Qurumning aytişiça, zilzila oqibatida 211 mingdan ortiq uy-joy, 47 mingdan ortiq ma’muriy binolar vayron bölgan yoki jiddiy zararlangan. Hozirgi vaqtda 300 mingdan ortiq odam uy-joyga muhtoj bölib turibdi.
6 fevral kuni Turkiya janubi-şarqida va Suriya şimolida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar töqqiz soatlik oraliqda sodir böldi. Oxirgi ma’lumotlarga köra, har ikki mamlakatda qurbonlarning umumiy soni 41 ming kişidan oşgan.













