Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi «Aksa Enerji Bukhara» mas’uliyati çeklangan jamiyati tomonidan işga tuşirilgan issiqlik elektr stansiyasi faoliyati bilan tanişdi.

Iqtisodiyot rivojlanib, korxonalar köpayişi bilan energiya resurslariga talab oşib bormoqda. Şuning uçun barça hududlarda bunday quvvatlarni oşiriş çoralari körilmoqda.

Xususan, ötgan yili «Aksa Enerji Bukhara» tomonidan issiqlik elektr stansiyasi işga tuşirilgan edi. U 150 million dollarlik töğridan-töğri investitsiya evaziga barpo etilgan. Uskuna va jihozlar Turkiyadan keltirilgan. Bu yerda 150 kişi mehnat qiladi.

Stansiya quvvati 270 Megavatt. Bu yiliga 2 milliard 200 million kilovatt soatgaça elektr energiyasi işlab çiqariş, viloyatning 60 foiz iste’molini qoplaş imkonini beradi.

Davlat rahbari stansiyaning dispetçerxonasini közdan keçirdi, boşqaruvçilar bilan suhbatlaşdi.

2023 yilda Buxoroda yillik elektr iste’moli 4,3 milliard kilovatt soatni taşkil etib, taqçillik 150 million kilovatt soat bölişi kutilayotganini inobatga olib, mutasaddilarga viloyatda taqçillikni qoplaş böyiça körsatmalar berdi.

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlaş, energiyadan foydalaniş samaradorligini oşiriş va tarmoqlarda yöqotişlarni kamaytiriş, sohaga yuqori texnologiyalarini jalb qiliş yuzasidan topşiriqlar berildi.