Prezident Şavkat Mirziyoyev yaylovlarni muhofaza qiliş va ulardan samarali foydalanişga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

Unda qayd etilişiça, Özbekistonda 21 million gektardan ziyod yaylovlar mavjud bölib, ular çorvaçilik, ipakçilik, asalariçilik kabi köplab tarmoqlar uçun muhim manba. Lekin ulardan foydalanişga oid hozirgi tartib yaylovlarda tadbirkorlikni rivojlantiriş va mahsulot yetiştirişni çeklamoqda.
Şu bois, yangi tahrirda «Yaylovlar töğrisida»gi qonun loyihasini hamda yaylov maydonlarini ijaraga beriş tartibini işlab çiqiş taklif etildi.
Yangi qonun köplab iqtisodiy loyihalarga yöl oçişi mumkin. Xususan, Ispaniya va Portugaliyaning yetakçi kompaniyalari iştirokida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan 7 million 800 ming dollar miqdoridagi grant mablağlari evaziga 4 ta loyiha şakllantirilgan.

Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlarida omuxta yem işlab çiqaruvçi korxonalar, Çorva hayvonlari genetik tadqiqoti laboratoriyasi taşkil etiş, mayda şoxli mollarni raqamli identifikatsiya qiliş şular jumlasidandir.
Şuningdek, xalqaro moliya institutlarining grantlari hisobidan 500 gektar yaylovda quyoşdan muqobil energiya oliş orqali quduqlardan suv çiqariş hamda tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy etiş rejalaştirilgan.
Yiğilişda Qizil kitobga kiritilgan tojik kavragini himoya qiliş çoralari ham muhokama etildi.
Qayd etilişiça, köp joylarda uning tabiiy köpayişi va qayta tiklanişiga zarar yetkazilmoqda. 2019 yilda tabiiy kavrak maydonlari 33 ming gektar bölgan, 2021 yilga kelib qariyb yarmiga kamaygan.
Şu bois kavrakning har bir tupiga yetkazilgan zarar uçun jarima miqdorini oşiriş, undan foydalanişga 3 yil muddatga moratoriy joriy qiliş taklif etildi.











