“Uzoği 10 daqiqa”

Haftaning eng umidbaxş yangiligidan boşlasak. Toşkent şahar transport boşqarmasining bizga ma’lum qilişiça, şaharga mingta yangi avtobus olib kelinganidan keyin avtobuslar intervali 10 daqiqadan oşmaydigan böladi.

“1 martdan boşlab avtobuslar kelişni boşlaydi va intervali katta bölgan yönalişlarga biriktiriladi. Şunda Toşkent şahrida avtobus oraliq vaqti bilan boğliq muammolar kuzatilmaydi, eng uzun interval 10 daqiqa böladi”, – dedi boşqarma matbuot kotibi Elmira Nurova.

“Toşşahartransxizmat” bergan ma’lumotga köra, mingta katta siğimli avtobus aprelgaça yetib kelişi kutilyapti. Ulardan 300 tasi elektrobus böladi. Qolgan 700 tasi gazda yuradi, şundan 200 tasi 18 metrlik avtobuslar böladi. “Garmoşkali” bu avtobuslar asosiy magistral yönalişlarda qatnaydi. Ma’lum bölişiça, transportlar Xitoyning Yutong va King Long kompaniyalaridan sotib olinyapti.

Avtobuslar tirbandlikda turib qolmasligi uçun hozirça 4 ta asosiy köçada ular uçun alohida yölaklar ajratildi. Oxirgi bir oy içida bu köçalarga 55 ta kamera örnatildi. Bu kameralar işga tuşgaç, qoidaga zid ravişda avtobus bölagidan harakatlangan haydovçilar jarimaga tortiladi. Avvalroq jamoat transporti uçun bunday alohida harakat bölaklari Toşkentdagi 73 ta köçada taşkil etilişi aytilgandi.

Payşanba kuni imzolangan prezident qaroriga asosan, jamoat transportida kunlik “plan” bekor qilindi. Toşkentdan taşqari Nukus şahri va viloyatlar markazlarida ham avtobus qatnovlarini taşkil etiş tizimi özgaradigan böldi. Taşuvçi korxonalar bilan brutto-şartnoma asosida işlaşga ötiladi. Bosib ötilgan yöl va sifat asosiy mezon bölişi, buni nazorat qiliş uçun 14 ta şaharda avtomatlaştirilgan dispetçerlik xizmati taşkil etilişi kutilyapti. Nukus şahri va viloyat markazlari uçun yil oxirigaça jami 1000 ta avtobus sotib olinişi ham rejalaştirilgan.

“Ozgina sabr”

Avtomobilçilar uçun ham yangiliklar yöq emas. “Özavtosanoat” raisi Şavkat Umrzoqov avtomobilga navbatlar yöq bölişiga yana bir marta va’da berdi. Uning aytişiça, bunga avtomobil işlab çiqariş hajmini oşiriş orqali erişiladi.