Asaka şahridagi UzAuto Motors zavodida mahalliy butlovçi qismlarni tayyorlaşning murakkab tizimi asosida yuqori texnologiyali rivojlantirişning yangi bosqiçi Chevrolet Onix avtomobili ommaviy işlab çiqarilişining tantanali ravişda işga tuşirilgani bilan nişonlandi.
Bugungi kunda UzAuto Motors eng zamonaviy avtomobillarni işlab çiqarmoqda. Ulardan biri Chevrolet Onix avtomobilidir. Yangi avtomobil modelining işlab çiqarilişini yölga qöyiş uçun 5 mingdan ortiq injyenerlar jalb qilingan bölib, ularning bir qismi Toşkentdagi Turin politexnika universiteti bitiruvçilaridir. Ular Chevrolet Onix avtomobili uçun Özbekistondagi 200 dan ortiq korxonada 1 500 dona detallarning işlab çiqarilişini yölga qöyişdi.
Yangi Onix Chevrolet Tracker kabi GM GEM (General Motors Global Emerging Markets)platformasida işlab çiqariş yölga qöyildi. Uşbu loyihani amalga oşiriş uçun 427,6 mln dollar miqdorida investitsiyalar kiritildi. Korxonalarning injyenerlik salohiyati va texnik jihozlanişi Chevrolet Onix avtomobilini 50 foizgaça mahalliylaştirişga imkon berdi, yil oxiriga qadar esa 70 foizga yetkaziladi.
Özbekistonda Onix avtomobilini işlab çiqarişni taşkil etiş uçun “Özavtosanoat” AJ tomonidan mahalliylaştiriş böyiça yuqori texnologiyali 12 ta yangi loyiha amalga oşirildi. Şu jumladan, umumiy qiymati 312 mln dollar bölgan yangi zavodlar bunyod etildi va yuqori texnologiyali işlab çiqariş liniyalari işga tuşirildi. Yangi işlab çiqariş quvvatlarining işga tuşirilişi 4,5 mingga yaqin yangi iş örinlarini yaratiş imkonini berdi.
Foto: UzAuto MotorsFoto: UzAuto Motors
UzAuto Motors Powertrain korxonasida avtomobillarning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bölgan dvigatellar mahalliylaştirildi. Buning natijasida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uçun mahalliylaştiriş darajasining umumiy foizi oşiriladi. Yuqori bosimli alyuminiy silindrli bloklarni işlab çiqarişning ilğor texnologiyasidan foydalangan holda CSS Prime dvigatellarining innovatsion oilasini işlab çiqarişni özlaştiriş dvigatelni yaxşiroq issiqlik uzatiş va ekologik tozalik bilan ta’minlaydi. Uşbu dvigatellarning öziga xos xususiyati bu uning uçli texnologiyalaştirilganligi, yoqilği sarfining tejamkorligi va turbinalarga ega ekanligidir. Mahalliy mutaxassislarning jalb qilinişi va kapital xarajatlarni işlab çiqariş liniyasi uskunalarini sotib oliş uçun optimallaştiriş orqali loyiha qiymatini qariyb 20 million dollarga yaqin kamaytirişga erişildi.
Mavzuga oid
Andijon viloyatida noldan boşlab qurilgan yangi “ KOVA Foundry ” quyuv zavodida temir quyiş qismlari işlab çiqariş yölga qöyildi. Korxonada yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlarning yangi turlarini özlaştiriş maqsadida sanoat uçun eng ilğor va yangi texnologiyalar, şu jumladan, metallni qayta işlaşning barça sikllari: eritiş, quyiş, qoliplaş va yuqori aniqlikda işlov beriş joriy etildi. Yiliga 18 ming tonna quvvatga ega korxona xomaşyoning qöşilgan qiymatini 10 baravargaça oşiradi va hamda 21 million dollar ehtiyot qismlar importi örnini bosadi.
“UzAuto” tuzilmasi korxonalarida mahalliylaştiriş dasturi doirasida zamonaviy dvigatel sovitiş tizimiga ega radiatorlar, avtomobillarni boşqariş funksiyalariga ega köp funksiyali rul va xavfsizlik yostiqçasi, şuningdek, faqatgina 3 ta jahon işlab çiqaruvçilari tomonidan qöllanadigan noyob texnologiyadan foydalangan holda zamonaviy va xavfsiz plastik gaz baklari işlab çiqariş yölga qöyildi. Bundan taşqari, «UzKoram-Co» MÇJ korxonasida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uçun yon oynalar işlab çiqariş özlaştirildi.
Foto: UzAuto Motors
Foto: UzAuto Motors
Bundan taşqari, birinçi marta zamonaviy usulda plastik va kauçuk qismlarni, şu jumladan ekstruziya (texnologik jarayon – bosim ostida quyişning bir turi) usulidan foydalangan holda işlab çiqariş va qayta işlaş yölga qöyildi. Şuningdek, plastmassa qismlarni ultratovuşli payvandlaş va plastmassani bosim ostida ikki komponentli quyiş yölga qöyilgani, bu esa yuqori germetik körsatkiçga va zarba yoki vibratsiya ta’sirini yutiş imkonini beradi.
Modernizatsiya kuzov qismlarini issiq ştamplaş yöli bilan işlab çiqariş jarayoniga ham ta’sir körsatdi. UzSungwoo zavodida issiq ştamplaş yöli bilan Markaziy Osiyoda yagona bölgan töliq avtomatlaştirilgan metallni qayta işlaş sexining taşkil etilişi Chevrolet Tracker va Onix modellari uçun 214,5 mlrd sömga yaqin import örnini bosuvçi 20 turdagi butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş imkonini berdi.
Eng yangi texnologiyalar asosida işlab çiqilgan yangi “ UzSungwoo ” metallni issiq qayta işlov beriş liniyasi dunyoning yetakçi yetkazib beruvçilarining metallni kesiş, issiq presslaş va lazerli kesiş uskunalari bilan jihozlangan bölib, 2,4 million dona metall buyumlar işlab çiqarişni ta’minlaydi hamda zarur uskunalar sonini 5 barobargaça kamaytiriş orqali investitsiyalarni tejaydi.
Foto: UzAuto Motors
“Özavtosanoat” AJ boşqaruvi raisi Şavkat Umurzakov sözlagan nutqida “Bunday texnologik mahsulot işlab çiqarişning rivojlanişi, albatta, Özbekistonda yuqori malakali mutaxassislarni şakllantiradi. UzAuto tuzilmasidagi korxonalarda işlab çiqariş va boşqaruvning yuqori madaniyati nafaqat avtomobilsozlik va boşqa köplab turdoş tarmoqlar rivojiga yangi turtki beradi”, – deb alohida keltirdi.
Innovatsion işlab çiqariş texnologiyalarining joriy etilişi Asakadagi UzAuto Motors zavodining işlab çiqariş quvvatlariga ham ta’sir körsatdi. Asosiy işlab çiqariş bölinmalariga taşqari, kompaniya qöşimça ravişda lazerli payvandlaş jarayonini yölga qöydi, bu boşqa payvandlaş usullari bilan soliştirganda, yuqori aniqlik, korroziyaga çidamlilik va payvandlaş kuçini oşirdi, şuningdek, işlab çiqarişda estetika, yuqori darajadagi energiya tejaş va atrof-muhitni muhofaza qilişda yuqori aniqlikka ega.
Amalga oşirilgan loyihalar Özbekiston avtosanoatini yanada rivojlantiriş va avtomobil işlab çiqariş hajmini yiliga 500 ming donaga yetkaziş uçun barça şaroitlarni yaratdi.
Chevrolet Onix – barçasi u haqida
Eng yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy avtomobil. Özbekistonda işlab çiqarilişidan ança oldin maşhur bölgan barça kutgan avtomobil. Yangi model yorqin dizayn, zamonaviy interer hamda qulaylik va xavfsizlik uçun barça zarur opsiyalarni özida mujassamlaştiradi.
Avtomobillar komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:
• 1,2 litrli 132 ot kuçiga ega turbo dvigatel hamda 6 poğonali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;
• 1,2 litrli 90 ot kuçiga ega atmosferali dvigatel 5 poğonalik mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erişadi, şu bilan birga aralaş siklda 100 km uçun faqat 5,9 l va şahar taşqarisidagi yölda 4,7 l sarflaydi.
Foto: UzAuto Motors
Zamonaviy dizayn
Avtomobil zamonaviy dizayn va qulaylik bilan birga xavfsizlik böyiça eng ilğor zamonaviy texnologiyalarni ham taqdim etadi. 5 örindiqli uşbu sedan sayohatlar uçun xoh u oilaviy xoh döstlar orasida yoki xizmat safari bilan şaylangan xodim bölsin umuman, barça-barça uçun ham birdek ideal. Chevrolet Malibu avtomobili bilan öxşaşligi yuqori toifadagi avtomobillardan qolişmaydigan mustahkam va zamonaviy taşqi köriniş beradi.
Futuristik yoritiş texnikasi yon atrofdagilarning e’tiborini jalb etadi. Bu heç bir avtomobil ixlosmandlarini befarq qoldirmaydi.
Kuzovdagi gorizontal çiziqlar avtomobilning zamonaviy dizayn uslubiga ega ekanligiga urğu beradi. Ular diod optika yoruğlik elementlari bilan birgalikda avtomobilga yorqin va taniqli köriniş beradi, mukammal işlangan kunduzgi diod optikasi esa Onixni keçayu-kunduz közga taşlanadigan qiladi.
Foto: UzAuto Motors
Texnologik interer
Chevrolet Onix intereridagi çiziqlar va yorqin elementlar avtomobilning siğimliligini ta’kidlaydi. Va kenglik hissini yaratadi, buning barçasiga avtomobilning keng platformasi orqali erişiladi.
Foto: UzAuto Motors
Ergonomik asboblar paneli körinişni yaxşilaydi va yengillik hissini beradi.
Displey avtomobilning yuqori texnologiyali dizaynining markaziy qismidir, intuitiv 8 dyuymli axborot-köngiloçar tizimi esa yuqori darajadagi premium va qulay boşqarişni qöşadi.
Foto: UzAuto Motors
Qulay va oson boşqariş
Chevrolet Onix boşqarişni qulay va zavqli qiladigan barça detallarga ega.
4 LT komplektatsiyasida bazaviy opsiyalaridan taşqari avtomobilga kalitsiz kiriş smart kalit (key) va yoqiş START/STOP tizimi, kruiz kontrol bilan ta’minlangan.
Avtomobil isitiş tizimiga ega çarm qoplamali rul va yuqori sifatli mato qoplamali sport uslubidagi örindiqlar bilan jihozlangan, şuningdek salonda simsiz quvvatlaş tizimi mavjud.
LS komplektatsiyasidan taşqari barça komplektatsiyalar Bluetooth va Hands-Free hamda 8 dyuymli sensor displeyga ega rusifikatsiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.
Avtomobilning soddalaştirilgan komplektatsiyasidan taşqari barça komplektatsiyalari signalizatsiya, konditsioner, rul kolonkasini yuqoriga va pastga hamda uzoq yaqinligini moslaştiriş, haydovçi örindiği balandligini sozlaş, tezlikni çeklovçi va boşqa bir qator qulaylik uçun zarur bölgan opsiyalarga ega.
Bundan taşqari, komplektatsiyasiga qarab, avtomobillar tepalikka kötarilişga yordamlaşuvçi tizim, faralar öçişining keçiktirilişi tizimi (Follow Me Home), töxtaş tizimi datçiklari (Park-Assist) va bolalar örindiğini örnatiş tizimi ISOFIX bilan jihozlangan.
Foto: UzAuto Motors
Chevrolet Onix xavfsizligi
Barça Chevrolet Onix avtomobillari kamida 2 ta xavfsizlik yostiqçasi hamda ABS va ESC (barqarorlikni elektron nazorat qiliş) tizimi bilan jihozlangan.
Top versiyalaridagi kruiz kontrol tizimi optimal boşqaruvni ta’minlaydi, uzoq masofalarga yengil va qulay harakatlaniş imkonini beradi, faol xavfsizlik tizimlari baxtsiz hodisalarning oldini olişga yordam beradi va avtomobilning turli yöl qismlarida hamişa barqaror turişini ta’minlaydi.
Bundan taşqari, soddalaştirilgan komplektatsiyasidan taşqari barça komplektatsiyalarda tezlikni çeklovçi va şinalar bosimining monitoring tizimi mavjud.
2023-yilda Chevrolet Onix Premium avtomobilidagi qöşimça opsiyalar:
klimat kontrol;
yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) töxtaş tizimi;
old partroniklar;
körinişi çeklangan joylar nazorati datçigi;
orqa örindiq isitiş tizimi;
lyuk;
töliq svetodiod optikasi va orqa gabarit çiroqlar.
salonda haydovçi, old örindiq va orqa örindiq yölovçilar uçun alohida yoritiş tizimi;