O‘zbekistondagi neft-gaz konlari qaysi kompaniyalarga tegishli?
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda O‘zbekistonda 295 ta neft va gaz koni ochilgan bo‘lib, shulardan 60 foizi qo‘shma korxonalar va xorijiy kompaniyalar ixtiyorida.
12 fevral kuni O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va “O‘zbekneftgaz” AJ raisi Mehriddin Abdullayev jurnalistlar hamda jamoatchilik vakillari bilan uchrashib, neft va gaz sohasiga oid savollarga javob berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, hozirda mamlakatda 295 ta neft-gaz koni bor. Shundan 118 tasi – 40 foiziga “O‘zbekneftgaz” (davlat) egalik qiladi. Qolgan 176 tasi qo‘shma korxonalar va xorijiy kompaniyalarga tegishli.
“O‘zbekneftgaz” raisi Mehriddin Abdullayevning aytishicha, kompaniya ixtiyorida 2017 yildan keyin asosan gaz konlari qolgan. Neft konlari esa “Sanoat energetika guruhi” (Saneg; avvalgi Jizzakh Petroleum)ga berilgan. Ayni paytda bu guruh ixtiyorida 104 ta neft koni bor.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda neft-gaz koniga egalik qiluvchi kompaniyalar ro‘yxati quyidagicha:
Davlat korxonasi:
- “O‘zbekneftgaz” – 118 ta kon
Qo‘shma korxonalar:
- Natural Gas Stream (“O‘zbekneftgaz” – 50%, Altmax Holding va Gas Project Development Central Asia – 50%) – 10 ta
- Uz-Kor Gas Chemical (“O‘zbekneftgaz” – 50%, Koreya kompaniyalari konsorsiumi: KOGAS, Lotte Chemical Corporation, GSE&R – 50%) – 1 ta (eng yirik konlardan biri bo‘lmish Surg‘il koni)
- Gissarneftgaz (“O‘zbekneftgaz” – 55%, Gas Project Development Central Asia – 45%) – 8 ta
- AndijanPetro (“O‘zbekneftgaz” – 50%, “Zarubejneft” – 50%) – 3 ta
- UzMaloil – (O‘zbekiston-Malayziya qo‘shma korxonasi) – 1ta
- Gazli Gas Storage (“O‘ztransgaz” – 40%, “Forus” – 60%) – 1 ta
Xorijiy kompaniyalar:
- Saneg – (sobiq Jizzakh Petroleum; Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan, Baxtiyor Fozilovga aloqador Belvor Holding – 98%, Gas Project Development Central Asia – 2%) – 105 ta
- “Lukoyl” – 13 ta
- “Gazprom” – 2 ta
- Epsilon (AQShda ro‘yxatdan o‘tgan; o‘z vaqtida Zeromax bosh direktori bo‘lgan Mirodil Jalolov boshqaruvida) – 18 ta
- Surhan Gas Chemical (Altmax Holding – 75%, Gas Project Development Central Asia – 5%, “O‘zbekneftgaz” – 20%) – 1 ta (eng yirik konlardan biri hisoblangan “Mustaqillikning 25 yilligi” koni)
- Petromaruz (Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan Rossiya kompaniyasi) – 1 ta
- CNPC (Xitoy) – 13 ta
Yuqoridagi ro‘yxat – faqat konlarning soniga oid ekani, bu obektlarning salohiyati (ulardagi zaxiralar hajmi) bir-biridan jiddiy farq qilishini e’tiborga olish lozim.

2019 yilda O‘zbekistonda ochilgan neft-gaz konlari soni 270 taga yetgani, shulardan 11 tasi 2017-2019 yillarda ochilgani ma’lum qilingandi.
Madina Ochilova tayyorladi,
Tasvirchi va montaj ustasi – Nuriddin Nursaidov
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
30 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:19
-
Rossiyaning sabzovotchilikka ixtisoslashgan hududi mehnat migrantlari taqchilligiga duch keldi
Jahon | 21:53
-
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV
Jahon | 21:50
-
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
Jahon | 21:40
Mavzuga oid

22:04 / 23.04.2025
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi

11:21 / 23.04.2025
UzAuto Motors xususiylashtiriladi. 3,4 milliard dollarga qurilgan GTL zavodi ham

15:02 / 21.04.2025
Energiya samardorligi agentligiga direktor tayinlandi

20:38 / 18.04.2025