“2023 yilda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini va energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etişni jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Unga köra, 2023 yil 1 apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga kiçik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gaça) quyoş panellarini örnatişni rağbatlantiriş böyiça “Quyoşli xonadon” dasturi amalga oşiriladi.

Dastur doirasida aholi tomonidan quyoş panellari orqali işlab çiqarilgan ortiqça elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga 1 000 sömdan subsidiya ajratiladi.

Ijtimoiy soha obektlari, davlat organlari va boşqa taşkilotlarning bino va inşootlarida kiçik quvvatli qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalarini örnatiş va ekspluatatsiya qiliş böyiça mas’uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Yaşil energiya” kompaniyasi taşkil etildi.

Qarorga köra, 2023 yilda umumiy quvvati 4 300 MVt bölgan qayta tiklanuvçi energiya manbalari işga tuşiriladi. Jumladan: 

  • 2 100 MVt – yirik quyoş va şamol elektr stansiyalari;
  • 1 200 MVt – ijtimoiy soha obektlari, xöjalik sub’yektlarining bino va inşootlari hamda xonadonlarda örnatiladigan quyoş panellari;
  • 550 MVt – tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kiçik fotoelektr stansiyalari.

2023 yilda: 

  • davlat-xususiy şeriklik asosida 27 ta yirik quvvatli quyoş va şamol elektr stansiyalari quriladi;
  • 20 mingta ijtimoiy soha obektlari va davlat idoralarida kiçik quvvatli qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalari örnatiladi;
  • jami 11 ming nafar tadbirkorning bino va inşootlarida quyoş panellari örnatiladi hamda kiçik fotoelektr stansiyalari quriladi;
  • 37 ming aholi xonadonlarida kiçik quvvatli qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalari örnatiladi; 
  • foydalanişga topşiriladigan 765 ta köp qavatli uylar qayta tiklanuvçi energiya manbalari bilan ta’minlanadi; 
  • hududlarda 103 ta kiçik va mikro gidroelektrstansiyalar barpo etiladi; 
  • 5 407 ta ijtimoiy soha obektlari kömir bilan isitiladi.