UzAuto Motors'ning IPÖsi tugadi. Savdolar yakuniga köra, kompaniya investorlardan 56,9 mlrd söm jalb qilişga muvaffaq böldi. Biroq milliy avtomobil işlab çiqaruvçisining aksiyalariga talab kutilganidan ança past böldi.
Dastlab, “UzAuto Motors” AJ aksiyalar paketining 10 foizgaça qismini mahalliy fond bozorida ommaviy joylaştiriş közda tutilgandi. Keyinçalik IPÖga çiqariladigan aksiyalar paketi 5 foizga, yakunda esa 1 foizgaça qisqartirildi.
IPO doirasida zavod aksiyalarini xarid qiliş uçun 1383ta talabnoma kelib tuşgan. Bu sotilayotgan aksiyalar umumiy hajmining 29,1 foizini taşkil etadi. Talab pastligi sababli investorlar narx diapazonining eng pastki qismidagi aksiyalarni sotib oladi – har bitta aksiya narxi – 72 500 söm.
Muomalaga çiqarilgan aksiyalarning 80,1 foizi institutsional investorlar, qolgan 19,9 foizi esa çakana investorlar örtasida taqsimlangan.
IPO nima?
IPO (ingliz tilidan olingan – Initial Public Offering) – aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini birlamçi oşkora taklif etiş degan ma’noni bildiradi. Ya’ni aksiyalarning çeklanmagan şaxslar orasidagi dastlabki sotuvi va dastlabki taklif qilinişidir. IPÖni ötkazişdan asosiy maqsad – korxonani rivojlantiriş uçun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qiliş hisoblanadi.
IPÖlarning davlatga foydasi şundaki, kompaniyalar hozirgi va bölajak investorlari oldida hisobdor va şaffof bölişga majbur böladi. Şuning uçun ular hisob yuritiş tizimlarini isloh qilib, zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Şuningdek, IPO mamlakat iqtisodiyoti rivojlanişi yölida xalq qölidagi pul mablağlarini jalb qilişning bir usuli hisoblanadi.
Nima uçun UzAuto Motors aksiyalarini xarid qiliş uçun kutilgan talab bölmadi?
Birinçidan, kompaniyaning haqiqiy moliyaviy holati haqidagi hisobotlar oçiqlanmaydi. UzAuto Motors bir qator oçiq va yopiq imtiyozlar, subsidiyalardan foydalanib keladi, töğridan töğri majburiyati bölgan utilizatsiya yiğimini tölayotgani yo tölamayotgani haqidagi ma’lumotlar ham mavjud emas. Potensial investorlar uçun bu kabi körsatkiçlardan xabardor böliş muhim.

















