Asaka şahridagi UzAuto Motors zavodida Chevrolet Onix avtomobili ommaviy işlab çiqarilişining boşlanişi munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Onix ham Tracker kabi GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida işlab çiqarilmoqda. Loyihaga 427,6 mln dollar investitsiya kiritilgan.

“Korxonalarning injyenerlik salohiyati va texnik jihozlanişi Chevrolet Onix avtomobilini 50 foizgaça mahalliylaştirişga imkon berdi, yil oxiriga qadar esa 70 foizga yetkaziladi”, – deya rasman ma’lum qildi UzAuto Motors.

Tadbirda aytilişiça, Onix uçun Özbekistondagi 200 dan ortiq korxonada 1 500 dona detalning işlab çiqarilişi yölga qöyilgan. Bunda 312 mln dollarlik yangi zavodlar qurib işga tuşirilgan. Kompaniya ma’lumotiga köra, amalga oşirilgan loyihalar Özbekistonda avtomobil işlab çiqariş hajmini yiliga 500 ming donaga yetkaziş uçun “barça şaroitlarni yaratgan”.

Foto: Kun.uz

Onix dvigatellari UzAuto Motors Powertrain korxonasida işlab çiqarilmoqda. Avtomobil komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:

  • 1,2 litrli 90 ot kuçiga ega atmosferali dvigatel 5 poğonali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;
  • 1,2 litrli 132 ot kuçiga ega turbo dvigatel 6 poğonali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erişadi, şu bilan birga aralaş siklda 100 km uçun faqat 5,9 l va şahar taşqarisidagi yölda 4,7 l sarflaydi.

4LT komplektatsiyasi bazaviy opsiyalaridan taşqari avtomobilga kalitsiz kiriş (smart key) va yoqiş (start/stop) tizimlari, kruiz kontrol bilan ta’minlangan.

LS komplektatsiyasidan taşqari barça komplektatsiyalar Bluetooth, Hands-free va 8 dyuym hajmdagi sensor displeyli rusifikatsiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.

Foto: Kun.uz