UzAuto rahbari: “Avtomobilga navbatlar yo‘q bo‘ladi, faqat ozgina sabr qiling”
“O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umrzoqov avtomobil ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali navbatlar muammosiga barham berilishini aytdi. “Navbat yo‘q bo‘ladi, ishoning, faqat ozgina sabr”, – dedi u.

Shavkat Umrzoqov / Foto: Kun.uz
“O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umrzoqov Asaka shahridagi zavodda Chevrolet Onix avtomobilining taqdimoti vaqtida UzAuto Motors tomonidan xarid qilingan mashinalarni yetkazib berish bilan bog‘liq muammoga to‘xtalib o‘tdi.
Gazeta.uz xabariga ko‘ra, u qo‘shimcha pul to‘lab, avtomobilni navbatsiz olish imkoni yaratilishi, ya’ni xalq orasidagi “shapka”ni qonuniylashtirish mumkinligi borasidagi savolga javob qaytargan.
“Men bu taklifga qarshiman, noto‘g‘ri narsa. Bekorga ishlab chiqarishda 500 ming bilan chegaralanmaymiz demadim. Avtomashinalar navbati butun dunyoda bor. Men bu bilan uni to‘g‘ri ham demoqchimasman. Lekin bu narsa [avtomobil yetkazib berish muddatini kamaytirish]ni faqat mashina ko‘p ishlab chiqarish bilan yengamiz. O‘zimizda ishlab chiqarilayotgan mashinani tezroq olish uchun ko‘proq pul to‘lang, desak, noto‘g‘ri bo‘ladi”, – dedi “O‘zavtosanoat” rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya oldida juda ko‘p tashqi va ichki muammolar turibdi. Umrzoqov bunga misol sifatida 2018 yilda bir konteyner narxi 5 ming dollar bo‘lgani, hozir 15 ming dollargacha oshganini keltirdi.
“Mashinamizni qimmatlashyapti deymiz, lekin dollarga chaqsak, shu kungacha arzonlashdi. Shuncha soliq to‘layapmiz, loyihalarning bir so‘mini ham davlatdan olmayapmiz, o‘zimizning daromadimiz yoki rivojlanishimizni ko‘rib, pullarni tashqi moliyaviy institutlar beryapti”, – dedi Shavkat Umrzoqov.
“Andijonning o‘zida bu yil 250−300 mln dollarlik to‘rtta yangi zavod quradigan bo‘ldik. Bu nima beradi? Tasavvur qiling, 2016 yil 80 ming mashina chiqqan, 2017 yil 120 ming chiqqan. Bugun 330 ming chiqaryapmiz. Bu yil 400 mingdan oshiq chiqaramiz. Navbat yo‘q bo‘ladi, ishoning, faqat ozgina sabr [qiling]”, – dedi “O‘zavtosanoat” raisi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yilning fevral oyida mashinasozlik sanoati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, avtomobillar uchun oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizga pasaytirishga va 1 maygacha avtomobil sotib olishdagi navbatlarni to‘liq bartaraf etishga ko‘rsatma bergandi. Shuningdek, navbatda turgan xaridorlarga avtomobili yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yo‘llanishi aytilgandi.
Oldindan to‘lov miqdori 50 foizga tushirilgan bo‘lsa-da, bir necha oylik navbatlar saqlanib qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Inson huquqlari bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiya tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 12:12
-
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi
O‘zbekiston | 12:03
-
OAV: Rossiyada yuzga yaqin dezertir yana harbiy qismdan qochishga urindi
Jahon | 12:01
-
Sudlar faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risida qonun ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 11:35
Mavzuga oid

21:44 / 17.04.2025
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?

21:50 / 16.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar

16:59 / 16.04.2025
O‘zbekiston rasmiylari Xitoyga borib, Leapmotor zavodida “texnik audit” o‘tkazadi

20:59 / 14.04.2025