Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Şuhrat Muhamadjonoviç Sodiqov Özbekiston Boş vaziri kotibiyati rahbarining örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Özbekiston boş vazirining matbuot xizmati xodimi Bekzod Hidoyatov öz Telegram-kanalida xabar bermoqda.

Şuhrat Sodiqov 2008−2010 yillarda «Özbektelekom» kompaniyasi direktori bölgan, 2010 yildan 2017 yilgaça Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari böyiça axborot-tahlil departamenti mudiri bölib işlagan, 2017−2018 yillarda Özbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi direktori bölgan. U 2018 yil avgustidan buyon Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri lavozimida işlagan.

2021 yil noyabrida Özbekistonda Telegram va Instagram bloklanişi ortidan boş vazir maslahatçisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş masalalari departamenti boşliği Olimjon Umarov bilan birga iste’foga çiqarilgandi.

Uning ötgan vaqt içidagi faoliyati haqida ma’lum emas. 

U endi prezident farmoni bilan boş vaziri kotibiyati rahbari etib tayinlangan Abduraşid Jöraboyevga (u 2019 yil sentabrdan buyon prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi) örinbosarlik qiladi.

Abduraşid Jöraboyev

Jöraboyevga yana ikki örinbosar tayinlangan.

Nusratbek Davronquloviç Töyçiyev Boş vazir kotibiyati rahbarining birinçi örinbosari etib tayinlandi. Şu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi apparati boşqaruvçisining huquqiy ekspertiza masalalari böyiça örinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Nusratbek Töyçiyev

Davron Narimoviç Qalandarov Boş vazir kotibiyati rahbari örinbosari etib tayinlandi. U bungaça Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlaş boşqarmasi boşliği lavozimidan işlayotgandi.