Uçraşuvda Jörabek Mirzamahmudov Özbekiston barça neft va gaz konlariga tegişli eksklyuziv huquq Rossiyaga berilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
“Bu – umuman asossiz, yolğon, notöğri talqin qilingan ma’lumot. Ekspluatatsiyadagi konlarning asosiy qismi “Özbekneftgaz” kompaniyasida”, – dedi vazir.
Uning sözlariga köra, 35 yillik eksklyuziv huquq faqatgina Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” nomli konga taalluqli.
“Özbekistonda hozirgi kunda 250 dan ortiq neft va gaz konlari bölsa, bu – şu konlardan bittasi. Hozirgi kunda investorlar tomonidan töliq özlarining hisobidan – budjetdan xarajat yoki davlat kafolati yöq – yuz foiz investorlar hisobidan amaliy işlar olib borilyapti”, – dedi Mirzamahmudov.




Vazirning aytişiça, kondan olingan foydani investor va davlat özaro 50/50 nisbatda taqsimlaşga kelişgan. Bitim kuçga kirganidan boşlab 35 yil davomida amal qiladi.
“Nimaga 35 yil degan savol tuğilişi mumkin. Bizdagi mahsulotni taqsimlaş bitimlaridan 5 tasining muddati 25 yildan 42 yilgaça. Masalan, Qandimdagi kon böyiça “Lukoyl” bilan bitim muddati – 42 yil, sababi buning 8 yili geologik qidiruv işlarini öz içiga oladi.
“Mustaqillikning 25 yilligi” (avvalgi nomi “Gadjak”) koni böyiça şartnoma 35 yilga tuzilgan, şundan 8 yili – geologik qidiruv işlari”, – dedi u.
Energetika vazirligi rahbari kelişuv nusxasini körsatar ekan, taqdim etilgan eksklyuziv huquq faqatgina şartnomada belgilangan loyiha hududiga taalluqli bölişi haqidagi bandni keltirib ötdi. 2017 yil apreldagi kelişuvga Özbekiston Respublikasi nomidan sobiq boş vazir örinbosari Ğulomjon Ibragimov imzo qöygan.




















