Özbekistonda yil yakuniga qadar barça avtobus marşrutlari aholi ehtiyoji asosida qayta körib çiqiladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 31 yanvar kuni jamoat transporti tizimini isloh qiliş böyiça yiğilişda topşiriq berdi.
Viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1 iyulga qadar barça viloyat markazlarining Transport boş rejasini işlab çiqiş böyiça topşiriq berildi. Bunda aholi orasida alohida sörov ötkazib, ularning fikrlarini oliş zarurligi körsatib ötildi.
Avtobuslar parkini kengaytiriş uçun taşuvçi tadbirkorlarga avtobus parkini yangilaşni rağbatlantiriş tizimi joriy qilinadi. Jumladan:
- taşuvçilarni tanlaşda avtobusning yangiligiga qarab, yönalişda yölovçi taşişning kafolatlangan muddatlari 7 yilgaça uzaytiriladi (10 yoşdan oşgan avtobuslar böyiça şartnoma tuzilmaydi);
- tadbirkorlar olib kelgan yangi avtobuslar böyiça QQSni bölib-bölib tölaşiga ruxsat beriladi;
- avtobuslar sotib oliş uçun 10 yilgaça muddatga imtiyozli kredit beriladi.
Jamoat transporti yönalişlari böyiça oçiq tenderda avtobuslarning yangilik darajasi asosiy mezon etib belgilanadi. Taşuvçilarga tölanadigan mablağlarni şakllantirişda har yili avtobuslarning 20 foizini yangilab boriş xarajatlari közda tutiladi.

Yiğilişda yöllarda avtobuslar harakati uçun infratuzilma masalasiga töxtalib ötildi.
Toşkent şahridagi 73 ta asosiy köçada avtobuslar uçun alohida yölak taşkil etib, çorrahalar ötkazuvçanligini oşiriş dasturi işlab çiqildi.
Bu orqali, avtobuslar örtaça tezligi 1,5 baravar oşib, keçikişlar bartaraf etiladi.


















