Keçagi kun muhokamasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rektor va prorektorlar bilan ötkazgan yiğiliş muhokamalarga sabab bölyapti. Yiğilişda rektor va prorektorlar “işga joylanmagan bitiruvçilari soni köp bölgan nodavlat OTM sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilişi va kelajakda ularning faoliyatini tugatiş masalasi körib çiqilişi haqida” ogohlantirilgan.

Ijtimoiy tarmoq faollari OTMga qöyilayotgan bu talab haqida tanqidiy postlar e’lon qilişmoqda.

“Avtoritar rejimga xos tahdid...”

“Bu normal jamiyat vaziri emas, “avtoritar rejim”ga xos jamiyat mulozimining tahdidi. Yangi vazirimiz ham avtokratiya yölidan ketmoqda.

Töğrisi, men birorta ham normativ huquqiy hujjatda OTM bitiruvçilarni işga joylaştirişga majburligi haqidagi qoidani körmaganman. OTM vazifasi sifatli ta’lim beriş va agar tegişli ta’lim darajaga ega bölsa bitiruvçiga diplom tutqaziş. Tamom – vassalom”, deb yozadi Qonunçilik Palatasi sobiq deputati Rasul Kuşerbayev.

“Juda borsa, bir-birimizni aldab qöyamiz...”

Ta’lim sohasida tadbirkor Bektoş Hotamov tarjimonlik yönalişida OTMni bitirayotgan paytda undan ham uç tomonlama şartnoma söraşganini va öşanda baliqçilik korxonasidan şartnomaga imzo qöydirişga majbur bölganini esladi.

“Bir avtoritar qonun qoida çiqadi, uni bajariş uçun boşqa avtoritar qoida işga tuşadi, masalan, hamma oliygohlar talabalarini işga joylaştirişga majbur degan qoida çiqadi, keyin esa oliygoh qoğozda körsatiş uçun mana şunaqa uç tomonlama şartnomalar söraydi.

Bir-birimizni aldaymiz, vazir prezidentni aldaydi, biz vazirni aldaymiz, talabalar bizni aldaşadi va hammamiz özimizni baxtiyor his qilamiz.

Yangi oliy ta’lim vaziri talabalari işga joylaşmagan nodavlat oliygohlarni yopiş bilan tahdid qilibdi. Birinçidan, talabalarni işga joylaş bilan ta’lim sifati belgilanmaydi. Ikkinçidan, yana öşa öyin boşlanadi, bir-birimizga közbuyamaçilik öyini. Uçinçidan, vazirning gapi biror bir huquqiy asosga ega emas...