Jahon banki özbekistonliklar örtasida energiya uzilişlari, inflatsiya va korrupsiyani idrok etiş, şuningdek, nekbinlik, barqarorlik va daromadlar ösişi borasida sörovnoma ötkazdi.

Bank sörovlarni "Taraqqiyot strategiyasi" markazi va Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçixonasi bilan hamkorlikda taşkil qilgan.

Jahon banki iqtisodçisi Uilyam Zeytsning yozişiça, xalqaro moliya taşkiloti “Özbekistonliklarni tinglab” sörovnomasini 5 yildan beri ötkazmoqda.

Navbatdagi sörovnoma natijalari 2018 yil sentabrdan 2022 yil oxirigaça bölgan davrni qamrab olgan. Kun.uz sörov natijalari aks etgan ayrim grafikalarni qisman özbek tiliga ögirdi.

Ma’lum bölişiça, Özbekistonda davlat siyosatining aholi örtasida qöllab-quvvatlanişi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Respondentlarning aksariyati “Mamlakat islohotlarning töğri yölidan ketyapti” degan fikrga qöşilişini bildirgan.

Jahon bankining aniqlaşiça, özbekistonliklarning iqtisodiy holati pandemiya va uruşdan keyin tiklana boşlagan. 2021 yil oxirida 60 foiz respondent heç qanday jamğarmasi yöqligini aytgan bölsa, bu körsatkiç 2022 yil oxirida 57 foizga tuşgan. Ya’ni 2023 yil dekabrdagi sörov iştirokçilarining 43 foizi moliyaviy jamğarmasi borligini aytgan.

Ahamiyatlisi, 2021 yil yanvar–aprel oylarida jamğarmaga ega bölmaganlar uluşi 55 foizdan kam bölmagan. Bunga teskari, 2022 yilning yanvaridan sentabrgaça bölgan davrda jamğarmasi yöq respondentlar uluşi 57 foizdan pastga tuşmagan.

“Hozir – iş topiş va biznes boşlaş uçun qulay fursat” deb hisoblovçilar soni umumiy tendensiyada kamayib boryapti. Özbekistonliklar 2019 yilning yozida bu borada eng nekbin bölganini köriş mumkin. Öşanda “hozir iş topiş oson” deb hisoblovçilar 65 foizdan, “hozir biznes boşlaş oson” deb hisoblovçilar esa 80 foizdan oşgan.