Qozoğiston Moliyaviy monitoring agentligining (MMA) aniqlaşiça, Rossiya ğallasi Qozoğiston niqobi ostida boşqa davlatlarga eksport qilinmoqda. Bu haqda agentlikka tayanib TASS xabar berdi. 

MMA ma’lumotlariga köra, mahalliy korxonalardan biri 2021-2022 yillarda Özbekiston, Afğoniston va Tojikistonga bir milliard tenge (2,2 million dollar) qiymatli 8,3 ming tonna Rossiya ğallasini eksport qilgan. 

Qozoğiston kompaniyasi imtiyozli eksport tarifini oliş uçun mahalliy fermer xöjaliklarining ğalla Qozoğistonniki ekani haqidagi soxta hisob-fakturalaridan foydalangan. Kulrang sxemalar tranzit tarifidan qoçiş imkonini bergan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etayotgani aytilmoqda. 

2022 yilda Rossiya fermerlari rekord darajada köp - 153,8 million tonna ğalla yetiştirdi. Biroq, Ğarb sanksiyalari va logistikaning uzilişi tufayli don omborlarda töplanib qolayotgani va bu rossiyalik fermerlar uçun xavf tuğdirayotgani xabar qilingandi.