Belgiya 2022 yil noyabrida öz qirğoğida Rossiyaning josuslik kemasi aniqlangani munosabati bilan tergov boşladi. 21 fevral, seşanba kuni Şimoliy dengiz masalalari böyiça vaziri Vinsent Van Kvikenborn «Rossiya kemasining asl maqsadini bilmaymiz, ammo sodda böliş ham kerak emas», dedi.
Kema Belgiya şamol stansiyalari, suvosti quvurlari va axborot uzatiş kabellari, boşqa muhim infratuzilma yaqinida «şubhali harakatlar» amalga oşirgan, dedi vazir. Uning sözlariga köra, kemada avtomatik identifikatsiya tizimining qurilmasi öçirilgan, u esa tegişli organlarga kemani aniqlaş va uning joylaşuvini aniqlaş imkonini beradi.
Belgiya tomoni Şimoliy dengizning boşqa davlatlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda, deya qöşimça qildi Van Kvikenborn. Kemaning harakatini «albatta Ukrainadagi uruşning kengroq kontekstida köriş kerak», dedi u.
Rossiya harbiylari qöşni davlatga bostirib kirganidan söng, NATOga a’zo davlatlar öz mudofaasini, jumladan, suvosti sabotaj harakatlaridan himoyalaniş çoralarini kuçaytirdi. Yanvar oyida Yevropa Ittifoqi va Şimoliy Atlantika alyansi davlatlari muhim infratuzilmani himoya qiliş böyiça qöşma işçi guruh tuzdi.












