Foto: «Tez yordam» uchun yana 100 dan ortiq Volkswagen Caddy taqdim etildi
Cog‘liqni saqlash vazirligi «103» xizmatida eskirgan avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish choralarini ko‘rmoqda. «Tez yordam»da beshinchi avlod Volkswagen Caddy avtomashinalari soni 337 taga yetdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
23 fevral kuni Jizzakh Auto tomonidan ishlab chiqarilgan Volkswagen Caddy avtomobillarining 117 donadan iborat navbatdagi partiyasi hududlardagi «Tez yordam» xizmatlariga taqdim etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Dunyo tajribasida tez tibbiy yordam xizmatidagi avtotransport vositalarini ishlatish muddati o‘rtacha 5-8 yilni tashkil etadi. Yurtimizda ham foydalanilayotganiga 8 yildan oshgan avtomashinalarni yangilash lozimligi belgilangan.
Shu sababli Cog‘liqni saqlash vazirligi «103» xizmatida eskirgan avtoulovlarni bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish choralarini ko‘rmoqda.
Xususan, Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki 220 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari bilan ta’minlangan edi. Bugun esa Jizzakh Auto tomonidan ushbu turdagi avtomobillarning 117 donadan iborat navbatdagi partiyasi hududlarga taqdim etildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Birinchi bosqichda 230 dona B toifadagi Ford reanimobillari Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Toshkent va Samarqand shaharlarida foydalanish uchun yetkazib berildi. Natijada 2022 yilga kelib bunday zamonaviy avtoulovlar soni 541 taga yetdi. Ularni jihozlashda shifokor hamda bemorlarga qulaylik yaratishga alohida e’tibor berilgan.
Ikkinchi bosqichda 1000 dona A toifali tez tibbiy yordam mashinasi xarid qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu maqsadda Osiyo taraqqiyot banki loyihasi asosida kredit mablag‘lari ajratilgan. Bu orqali tizimdagi ma’nan eskirgan Damas avtomobillarini yangilash ko‘zda tutilmoqda.
Hozirgacha qariyb 340 ta Volkswagen Caddy joylarga yetkazib berildi. Ushbu avtomobillar taqsimoti hududlardagi aholi soni va tez tibbiy yordam mashinalarini yangilash ehtiyojidan kelib chiqqan holda shakllantirilmoqda.
«Ta’kidlash lozimki, beshinchi avlod A toifali Volkswagen Caddy mutlaqo yangi MQB platformasida ishlaydi. Ular 1,6 MPI atmosferali motor bilan jihozlangan bo‘lib, 6 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi va 110 ot kuchiga ega. 100 kilometr masofaga avtomobil aralash siklda 7 litr yonilg‘i sarflaydi», deyilgan xabarda.
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoit G‘afurovning ma’lum qilishicha, xarid qilinishi rejalashtirilgan yana 640 ta tez tibbiy yordam mashinasi ham Hyundai, Ford, Volkswagen, Iveco kabi jahon brendlariga tegishli bo‘lishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

18:14 / 15.04.2024
“Tez yordam” avtomashinasiga yo‘l bergan haydovchining jarimasi bekor qilindi

15:07 / 10.04.2024
2024 yilning 3 oyida “Tez yordam”ga 3,1 million chaqiriq bo‘lgan

10:41 / 08.02.2024
Tez yordam xizmatining 3 ta filialiga 30 ta Volkswagen Caddy topshirildi

11:16 / 20.11.2023