Amerikalik sotsiolog, siyosatşunos Zbignev Bjyezinskiy 1928-2017 yillarda yaşab ötgan. U nafaqat nazariyaçi, balki Amerika siyosatidagi taniqli amaliyotçi ham edi. Buni 1977-1981 yillarda AQŞ prezidenti Jimmi Karterning milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi bölib faoliyat yuritganida ham köriş mumkin.
Bjyezinskiyning siyosiy faoliyati yillari AQŞ–Xitoy munosabatlarining normallaşuvi, AQŞ va SSSR örtasida II Strategik qurollarni çeklaş şartnomasi tuzilgani, Eronda inqilobning boşlanişi, AQŞning Afğonistonda mujohidinlarni SSSRga qarşi qöllab-quvvatlaşi va sovet-afğon uruşi kabi voqealar bilan yodda qolgan.
Bjyezinskiy 1997 yilda çop etilgan "Buyuk şaxmat taxtasi" kitobini “ertangi kun qiyofasini şakllantirişga yordam beriş maqsadida” öz talabalariga bağişlaydi. Bugun mana şu asar haqida sözlaymiz.
Yevrosiyo şaxmat taxtasi
Kitob Amerikadagi strateglarning geosiyosiy qaraşlarini yaxşi ifodalagan. Bunda asosiy e’tibor Yevrosiyoga qaratilgan. Unga köra, AQŞ şunday taşqi siyosat yuritişi kerakki, toki Yevropa va Osiyoda yagona dominant kuç paydo bölib, AQŞning global boşqaruvdagi eng yuqori roliga daxl qilmasin.
"Geostrategiya – geosiyosiy manfaatlarni strategik şaklda boşqarişni şaxmat öyini bilan taqqoslaş mumkin. Farqi – Yevrosiyo şaxmat taxtasida bir vaqtning özida ikkita raqib emas, balki bir neça raqiblar öynaydi va ularning har qaysisi turli darajadagi kuçlarga ega”, deya yozadi u.
Kitobda mana şu har qaysi raqibning siyosiy yöli alohida qilingan. Asarni öqiş jarayonida öquvçi özini geosiyosatning çigal va qiziqarli töriga ilinib qolganday his qiladi. Undan çiqişni istamaydi.
Ukraina: Bjyezinskiy başorati
Şu keça-kunduzda Ukraina va Rossiya örtasidagi vaziyat, uning röy beriş ehtimoli va kelib çiqiş sabablari ham kitobda aniq körinadi. Bjyezinskiy Rossiya Ukrainasiz yanada köproq darajada Osiyo davlati bölib qolişi va Yevropadan uzoqlaşişini yozadi. Asardagi jumlani aynan keltirişni örinli topdim:
“Mustaqil Ukraina davlatining paydo bölişi nafaqat hamma rossiyaliklarni özlarining siyosiy va etnik mansubliklarini qayta idrok etişga undadi, balki Rossiya davlatining geopolitik jihatdan juda katta muvaffaqiyatsizlikka uçraganini ham anglatar edi. Ukrainaning mustaqilligi Rossiyani Qora dengizdagi ustuvorlik holatidan ham mahrum etdi”.











