Saudiya Arabistoni Tehron tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan yamanlik husiyçilarning harbiy operatsiyasi tufayli Pekinga murojaat qildi. Şundan söng, Xitoy şaxsiy tartibda Erondan Yaman husiyçilarini «jilovlaş»da yordam söradi. Bu haqda Reuters uç nafar eronlik manbaga tayanib xabar berdi.
Ularning maʼlumotlariga köra, Saudiya Arabistoni husiyçilarning Qizil dengiz böylab va Bob al-Mandab böğozi atrofida yurişidan söng Xitoydan yordam söragan, bu holat kema qatnovi va Saudiya nefti eksportiga xavf tuğdirgan edi. Şundan söng Pekin Tehrondan özining husiyçilarga bölgan taʼsiridan foydalanişni va mojaroning özi qaram bölgan energiya yönalişlariga tarqalişining oldini olişni söradi, deb aniqlik kiritdi Reuters suhbatdoşlari.
Manbalar taʼkidlaşiça, Xitoy vakillari heç qanday oçiq tahdidlarni bildirmagan va agar Tehron öz taʼsirini husiyçilarga ötkaza olmasa, unga iqtisodiy bosim ötkazişga urinişini aytmagan. Şu bilan birga, ular maktub qanday yetkazilgani va bu Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçining 16-sentabr kuni Xitoyga taşrifi çoğida amalga oşirilganmi yoki yöqmi, aniqlaştirmadilar.
Iltimosga javoban Tehron mintaqadagi barqarorlik va tinçlik AQŞ-Isroil va Eron örtasidagi uruşning töxtatilişiga boğliqligini aytdi, deb qöşimça qildi agentlik suhbatdoşlari.
Xitoy mintaqaviy keskinlikning Yaman va Qizil dengizga yanada tarqalişini istamaydi, eskalatsiya tomonlarning manfaatlariga mos kelmaydi, dedi Reuters naşriga Xitoy Taşqi işlar vazirligi uşbu voqeaga izoh beriş söroviga javoban. Vazirlik taʼkidlaşiça, Pekin mojaroni diplomatik yöl bilan hal qilişga çaqirmoqda.
Reuters qayd etganidek, Xitoy ön yildan ortiq vaqt davomida Eronning eng yirik savdo şerigi va neftining asosiy xaridori bölib kelgan. Kpler tahliliy kompaniyasi maʼlumotlariga köra, 2025-yilda Eron neftining dengiz eksporti 80 foizdan ortiğini Xitoy xaridlari taşkil etgan.
«Pekin – hali ham husiyçilarni jilovlaş uçun Eronga bosim ötkaza oladigan sanoqli poytaxtlardan biridir», deb taʼkidladi Ğarbning yuqori martabali diplomati.
Reuters manbalariga köra, Tehron Pekin tomonidan bildirilgan xavotirlarga munosabat eʼlon qilişi noaniq. Ularning taʼkidlaşiça, Xitoy bilan munosabatlar AQŞ bilan uruş fonida Eron uçun muhim iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega, çunki bu Tehronni neft sanoatini qöllab-quvvatlaş va iqtisodiyotga bosimni yumşatiş uçun sarmoya bilan taʼminlay oladigan kam sonli davlatlardan biridir.













