Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qöşni davlatlar bilan savdo munosabatlari hajmi sezilarli darajada oşgani masalasiga qiziqmoqda. 

Bu haqda Yevropa Ittifoqining sanksiyalar böyiça yangi tayinlangan komissari Devid ÖSallivan Financial Times naşriga xabar berdi. 

«Biz Yevroittifoqdan Rossiyaga savdo oqimining keskin kamayib borayotganini va uçinçi davlatlar, ayniqsa, Rossiyaga yaqin davlatlar bilan savdoning ğayritabiiy ösişini kuzatmoqdamiz», dedi u. 

ÖSallivan sözlariga köra, savdo oqimlaridagi özgariş böyiça suriştiruv boşlangan. Endi Yevropa Ittifoqi va hamkorlar, xususan, AQŞ va Buyuk Britaniya vakillari 23 fevral kuni bölib ötadigan uçraşuvda sanksiyalarni çetlab ötiş masalasida fikr almaşmoqçi. Bu ularning nazoratni kuçaytirişga intilişi bilan boğliq. 

Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki hisobotida aytilişiça, Rossiyaga qöşni davlatlar, xususan Qirğiziston va Armaniston Rossiyaning Ukrainaga tajovuzkorligi boşlanganidan beri tovarlar importini sezilarli darajada oşirgan. Tahlilçilarning fikriça, bu ularning Rossiya uçun savdo vositaçisi rolini öz zimmasiga olganidan dalolat beradi. 

Avvalroq, Rossiya joriy qilingan sanksiyalarga qaramay, Niderlandiyadan mikroçiplar sotib olişda davom etayotgani ma’lum bölgan edi. Germaniyaning Smart Impex kompaniyasi ham Ğarb sanksiyalarini çetlab ötib, Rossiya bozoriga mikroçiplar yetkazib berişda gumon qilinmoqda. Turkiya va Honkongda ham mikroçiplarni yetkazib beriş böyiça vositaçi firmalar taşkil etilgan. Yaqinda Xitoy kompaniyasi Rossiyaga raketa uskunalari yetkazib berayotganlikda ayblangan edi. 

Bloomberg naşrining yozişiça, Rossiya kir yuviş maşinalari va muzlatgiçlarning mikroçiplarini keyinçalik harbiy texnikada işlatiş uçun uçinçi davlatlar orqali sotib olmoqda. Natijada, Rossiyaga uçinçi davlatlardan maişiy texnika eksporti kutilmaganda keskin oşgan. 

Avvalroq, Yevroittifoq Rossiyaga sanksiyalarni çetlab ötişda uçinçi davlatlar yordam berayotgan bölişi mumkinligidan xavotirda ekani, jumladan Yevropa Ittifoqidan Özbekistonga eksport miqdori «şubhali» tarzda oşayotgani aytilgan edi.