Tesla va SpaceX asosçisi Ilon Mask Bloomberg talqiniga köra, sayyoraning eng boy odamlari reytingida yana birinçi örinni egalladi. Maskning boyligi, agentlikning 28 fevral, seşanba kungi ma’lumotlariga köra, Tesla aksiyalari ösişi fonida 187,1 milliard dollargaça oşgan. Elektr avtomobil işlab çiqaruvçisining aksiyalari 6 yanvardagi eng past körsatkiçdan 70 foizga oşib, bir aksiya uçun 207,63 dollarni taşkil qildi.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, Twitter egasi Ilon Maskning şaxsiy boyligi Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi rahbari Bernard Arnoning boyligidan oşib ketgan, u sönggi ikki oy davomida röyxatda ustunlik qilgan. Bloomberg Arnoning aktivlarini 185,3 milliard dollarga baholamoqda.
Şu bilan birga, real vaqt rejimida milliarderlar reytingini tuzuvçi Forbes jurnali ma’lumotlariga köra, röyxatda birinçi örinda Bernard Arno (206,3 milliard dollar), ikkinçi örinda Ilon Mask (197,7 milliard dollar) turibdi. Mask dekabr oyida reytinglarda yetakçi sifatida Bernard Arnoga öz örnini böşatib berdi.
Bloomberg dekabr oyida Ilon Mask tarixda 200 milliard dollardan köproq mablağ yöqotgan birinçi odam bölganini xabar qilgan edi. 2021 yil noyabrida uning boyligi eng yuqori çöqqisida 340 milliard dollarga, 2022 yil oxirida esa 137 milliard dollarga baholangan.












