Lenovo kompaniyasi MWC 2023 körgazmasida qiziqarli konseptual noutbukni namoyiş etdi. Oddiy rejimda bu 12,7 dyuymli 4:3 nisbatli displeyga ega standart ThinkBook ultrabuki. 

Biroq, agar korpusning öng tomonidagi kiçik tugma bosilsa, displey böyiga kattalaşa boşlaydi. Uşbu mexanizm tom ma’noda ekran panelini klaviatura ostidan tortib oladi. 

Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, hajmni oşiriş jarayoni ança sekin. Töliq oçiş 10 soniyadan köproq vaqtni oladi va u 8:9 nisbatli 15,3 dyuymli displeyga aylanadi. 

Panelning özi Sharp kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan. Mexanizmning resursi 20-30 ming siklni taşkil qiladi. 

Lenovo bunday ğayritabiiy displey ofis xodimlari uçun ham, dasturçilar uçun ham foydali bölişi mumkin, deb hisoblaydi. Bu elektron jadvalning kattaroq massivini yoki köproq kod qatorlarini köriş imkonini beradi. 

Hozirça bu texnologiya loyiha bosqiçida xolos. Panelni oçiş jarayonining sekinligi va ekranning kiçik burmasi borligi şundan dalolat beradiki, bunday noutbuk yaqin orada işlab çiqarilmaydi. Şunga qaramay, Lenovo noutbuk sanoatining kelajagini ana şunday kattalaşadigan ekranlarda körmoqda va ularni yanada rivojlantirişni rejalaştirmoqda.