Moskvaning Taganskiy sud okrugi sudyasi Wikimedia fondini onlayn «Vikipediya» ensiklopediyasidan Ukrainadagi uruşda Rossiya qurolli kuçlarining harakatlari haqidagi maqolalarni olib taşlamagani uçun 2 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda Moskva sudlari matbuot xizmati 28 fevral, seşanba kuni xabar berib, resurs Rossiya Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 13.41-moddasi 2-qismi böyiça ma’muriy huquqbuzarlikda aybdor deb topilganini bildirdi.

Xususan, gap «Vikipediya»dan 74-gvardiya motoöqçilar brigadasi, 138-alohida motoöqçilar brigadasi, 92-raketa brigadasi haqidagi maqolalarni olib taşlamaslik, şuningdek, RF Qurolli Kuçlarining uruş paytida Xarkiv, Lisiçansk va Mariupoldagi harakatlari töğrisidagi ma’lumotlarni joylaştiriş haqida bormoqda.

Bu kompaniyaga uşbu modda böyiça qöllangan törtinçi jarimadir. Avvalroq «Vikipediya» rossiyalik harbiylarning Ukrainadagi harakatlari haqidagi «feyk»lari uçun 3 million rubl, Ukrainadagi uruş haqidagi maqolalarni olib taşlaşdan boş tortgani uçun 2 million rubl, porox qanday işlab çiqarilgani haqidagi ma’lumotlarni joylaştirgani uçun 2 million rubl miqdorida jarimaga tortilgan edi.