AQŞ ma’muriyati biznes vakillarini Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarga amal qilişga çaqirdi. Vaşingtonning ogohlantirişiça, Rossiya sanksiyalarni çetlab ötiş uçun turli xil usullarni qöllaşi mumkin, jumladan uçinçi davlatlar orqali.

3 mart kuni AQŞ ma’muriyati amerikalik biznes vakillarini Rossiyaga nisbatan Ukrainadagi uruş tufayli joriy qilingan sanksiyalarga amal qilişga çaqirdi, deb xabar berdi DW agentligi Reuters ma’lumotlariga tayanib.

AQŞ Adliya, Savdo va Moliya vazirligining qöşma bayonotida sanksiyalarga rioya qilmaslik jinoiy javobgarlikka yoki boşqa majburlov çoralariga olib borişi mumkinligi haqida ogohlantiriş bor.

Hujjatda aytilişiça, xususiy kompaniyalar sanksiyalarni çetlab ötiş usullaridan xabardor bölişi kerak: masalan, soxta yoki taxallus ostida harakat qiladigan kompaniyalardan foydalaniş, sanksiya ostidagi tovarlarni yaşirin tarzda yetkazib beriş.

Qayd etilişiça, Xitoy, Armaniston, Turkiya va Özbekiston kabi davlatlardan taqiqlangan tovarlarni Rossiya yoki Belarusga noqonuniy yönaltiriş uçun «transport punktlari» sifatida foydalanişlari mumkin.

«Barça turdagi kompaniyalar sanksiyalarga qat’iy amal qiliş orqali mas’uliyat bilan harakat qilişi kerak», deyiladi bayonotda.

Yevropa Ittifoqining Eurostat statistika xizmati ma’lumotlariga köra, Ukrainadagi uruşning dastlabki töqqiz oyida Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga tovarlar yetkazib beriş hajmi 47 foizga kamaygan. Xuddi şu davrda Rossiyaning qöşni davlatlari, masalan, Gruziya, Qozoğiston va Qirğizistonga Yevropa mahsulotlarini yetkazib beriş 48 foizga oşgan.

Ğarb davlatlari bunday «tranzit nuqtalari»ga barham berişga harakat qilmoqda. Masalan, dekabr oyida Yevropa Ittifoqi ötgan yil davomida Rossiya bilan savdo hajmini oşirgan Turkiya hukumatini öz siyosatini qayta körib çiqişga çaqirdi.

Bundan taşqari, 2 mart kuni AQŞ, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya vakillari Birlaşgan Arab Amirliklari bilan Rossiyaga tovarlar reeksportini töxtatiş böyiça muzokaralar olib borayotgani ma’lum böldi. Xususan, Ğarb rasmiylari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlarini qöllab-quvvatlaş uçun işlatilişi mumkin bölgan elektron komponentlar yetkazib berilişidan xavotirda.