Turkiyada vayron bölgan uylar ostidan odamlarni qutqarişda Özbekistondan kelgan maxsus örgatilgan itlar muhim rol öynadi. Bu haqda Anadolu agentligi yozdi.
Qahramonmaraşda sodir bölgan halokatli zilzila zonasida özbekistonlik kinologlarning mehnati tufayli 18 kişi qutqarildi.
Hataydagi Antokiya şahri, Ovakent mahallasida odamlarni qidirişda iştirok etgan kinolog Ubaydulla Rözmetov Turkiyadagi tajribalarini aytib berdi.
Rözmetov tabiiy ofat hududida «Baron» laqabli it bilan işladi. Özbekiston qidiruv-qutqaruv guruhida jami 5 ta it bilan kinologlar işladi va ular vayronalar ostidan odamlarni topişga yordam berdi.
Özbekistonlik qutqaruvçilar tabiiy ofat hududiga yetib borganidan darhol işga kirişdi. Şu kuni itlar yordamida 81 yoşli ayol vayronalar ostidan qutqarib olindi.
Rözmetov birinçi marta bunday katta halokatni körganini tan oldi.
«Örgatilgan itlar vayronalar ostidagi teşiklarga, qutqaruvçilar yetib bora olmaydigan tor joylarga kirişi mumkin. It vayronalar ostida odamni topsa, darhol ovoz beradi: tirik odamni topsa baland ovozda huradi, jasadni topsa ingraydi», dedi u.
6 fevral kuni Turkiyaning janubi-şarqida magnitudasi 7 balldan ortiq bölgan ikkita zilzila sodir böldi. 8 mart holatiga zilzila qurbonlari soni 46 ming kişidan oşdi.














