The (Times Higher Education) reytingiga kirgan top 200 ta universitetning qariyb törtdan bir qismida (48 tasida) ayollar rahbarlik qilmoqda. Sönggi yillarda dunyoning eng yaxşi universitetlariga ayollarning rahbarlikka keliş holatlari ança köpaydi. Bu körsatkiç ötgan yilgidan 12 foiz, 5 yil avvalgidan esa 41 foizga yuqorilagan. 5 yil oldin top universitetlarning atigi 34 tasida ayollar rektorlik qilgan.

AQŞ va Germaniya top universitetlarda rahbar ayollar soni oşişi böyiça yetakçi örinlarda. Germaniyada 5 ta top universitetni ayollar boşqaryapti.

THE xalqaro reytingi ma’lumotlariga köra AQŞdagi nufuzli 58 ta universitetning 16 tasida ayollar rahbarlik qilmoqda. Ötgan yili ayol rahbarlar 13 nafar bölgan. Xususan, Oksford universiteti, Massaçusets texnologiyalar universiteti, Pensilvaniya universiteti, British Kolumbiya universitetlarini ayollar boşqaradi.

Şuningdek Şarqiy Osiyo va Örta Şarqda ham bu borada sezilarli özgarişlar bölgan. Garçi oliy ta’lim boşqaruvida xotin-qizlar rolini oşirişda sezilarli özgarişlarga erişilgan bölsa-da, hali tengsizlik ham yetarliça. Nufuzli universitetlar joylaşgan 27 ta davlatda ayol rektorlar faoliyat yuritayotgan bölsa, şunday OTM bor 12 ta davlatdagi nufuzli OTMlar rahbarlari erkaklarga işonib topşirilgan.

Ta’lim boşqaruvidagi ayollar qanday muammolarga duç keladi?

Ayollarning ta’lim sohasidagi uluşi muammosiga xalqaro miqyosda e’tibor qaratilişi kerak. 2018 yilda AQŞda assistent professorlarning 53 foizini, dotsentlarning 46 foizini taşkil qilgan. Biroq ular tölaqonli professorlarning (full professor) atigi 34 foizini taşkil qilişgan.

Ma’lum muddat Oksford universiteti prorektori bölgan Luiza Riçardsonning qayd etişiça, yuqori martabali ayollarga nisbatan media zöravonligi yuqori. Bular universitetlar rahbariyatining real muammosidir. Ijtimoiy tarmoqlar orqali qörqitiş, bezorilik, tajovuz, ölim tilaş, taşqi köriniş ustidan kuliş va ayollarga mos bölmagan turli haqoratlar ayol rahbarlar faoliyatiga xalaqit beradi.

«Toki biz xotin-qizlar qörquviga sabab böladigan trollarni tag-tomiri bilan yöqotmas ekanmiz universitetlar va boşqa jamiyat institutlarida ayol liderlar kamligiça qolaveradi», deydi Riçardson xonim.