Adliya vazirligi «Vatan tayançi» otryadi aʼzolari hamda «Vatanparvarlar» va «Şijoat va ğayrat» musobaqalarining respublika bosqiçi ğoliblariga oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun tavsiyanomalar beriş tartibini belgilovçi idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi.

Hujjat 2026-yil 26-avgustda 3931-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan.

Yangi tartibga köra, «Vatan tayançi» harakatida faol iştirok etgan hamda davlat va nodavlat umumiy örta taʼlim taşkilotlari, Prezident, ijod, sport va ixtisoslaştirilgan maktablar, maktab-internatlar, akademik litseylar hamda texnikumlarni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir «Vatan tayançi» otryadidan bir nafar aʼzoga tavsiyanoma beriladi.

Şuningdek, «Jasorat maktabi»ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir «Vatan tayançi» otryadining bir nafar aʼzosi ham tavsiyanoma oliş huquqiga ega böladi.

Bundan taşqari, «Vatanparvarlar» harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqiçida 1-örinni egallagan jamoa aʼzolari hamda mahalla yoşlari örtasida ötkaziladigan «Şijoat va ğayrat» musobaqalarining respublika bosqiçida ğolib bölgan jamoa aʼzolariga ham tavsiyanoma taqdim etiladi.

Tavsiyanomalar Mudofaa vazirligi huzuridagi «Vatan tayançi» bolalar va ösmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tomonidan beriladi.

Tavsiyanomaga ega abituriyentlarga oliy harbiy yoki harbiylaştirilgan taʼlim muassasalari, şuningdek, yuridik taʼlim muassasalariga öqişga kirişda imtiyoz beriladi. Xususan, test sinovlari yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijasida töplangan ballning 5 foizi miqdorida qöşimça ball qöşiladi.

Berilgan tavsiyanoma 3 yil davomida amal qiladi.