2025-yilning iyul va 2026-yil iyun oyi holatiga köra, bitiruvçilarning respublika miqyosidagi örtaça rasmiy oylik daromadi 4,9 mln sömni taşkil etdi, deya xabar berdi Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi.  

Yönalişlar kesimida esa eng yuqori örtaça daromad ijod va sport sohalarida - 6,33 mln söm. Amaliy fanlar bitiruvçilari örtaça 5,5 mln, ijtimoiy-gumanitar yönalişdagilar 4,61 mln, tibbiyot bitiruvçilari esa 4,43 mln söm rasmiy daromad olgan.

Bitiruvçilarning örtaça daromadi eng yuqori bölgan oliy taʼlim muassasalari:

  • Toşkentdagi S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali - 23,4 mln söm;
  • Inha universiteti - 12,6 mln söm;
  • Vestminster universiteti - 12,5 mln söm;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti - 10,6 mln söm;
  • Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti - 10,3 mln söm;
  • Toşkent axborot texnologiyalari universiteti - 9,4 mln söm;
  • Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti - 9,3 mln söm;
  • Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toşkent filiali - 9 mln söm;
  • Toşkent davlat yuridik universiteti - 8,4 mln söm;
  • Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti - 8,1 mln söm.

Hududlar kesimida bitiruvçilarning eng yuqori örtaça oylik daromadi Toşkent şahriga töğri keladi - 6,6 mln söm. Navoiy viloyatida esa bu körsatkiç qariyb 5 mln sömni taşkil qilgan. Kuçli uçlikdan 4,96 mln söm örtaça oylik daromadi bilan Toşkent viloyati örin olgan.

Agentlikka köra, bunda rasmiy qayd etilgan daromadlar hisobga olingan. Indeksni hisoblaşda bitiruvçining daromadi u istiqomat qilayotgan hududdagi örtaça iş haqi bilan soliştirilgan.