Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Jahongir Şirinov konstitutsiyaga kiritilayotgan ba’zi özgarişlar haqida tuşuntiriş berdi. 

Uning sözlariga köra, endi Özbekistonda saylaş huquqi çeklangan şaxslar bölmaydi, ularning röyxati tuzilmaydi. 

«Faqat sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, şuningdek oğir va öta oğir jinoyatlar sodir etganlik uçun sudning hukmiga köra ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan şaxslar saylovda iştirok etiş huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilişi mumkin», dedi u.

Bundan taşqari, davlat ramzlari – millat timsoli ekanidan kelib çiqib, ularga nisbatan hurmat tuyğusini kuçaytiriş va ularni himoya qiliş maqsadida «davlat ramzlari davlat himoyasidadir» degan konstitutsiyaviy norma örnatiladi.