Davlat rahbariga Yangi Toşkent şaharçasi loyihasi haqida axborot berildi. Unga köra, birinçi bosqiçda 6 ming gektarda bunyodkorlik qiliş rejalaştirilgan. Şundan kelib çiqib, istiqbolli quriliş hududlari, yangi şahar bilan poytaxtni birlaştiruvçi asosiy yöllar sxemalari işlab çiqilgan. 

Şaharça yangi ma’muriy va iqtisodiy markaz böladi. Poytaxtimizning şarqiy qismida, Yuqori Çirçiq va Örta Çirçiq tumanlari hududida barpo etiladi. 800 ming aholiga möljallangan böladi. 

U yerda vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari, soğliqni saqlaş taşkilotlari, teatr, kutubxona, mehmonxonalar, turar joy binolari, boğlar örin oladi. Xususan, yaşil hududlar 363 gektarni taşkil qilişi közda tutilgan. 

Şuningdek, prezident Samarqand viloyatida barpo etilayotgan Imom Buxoriy majmuasida olib borilayotgan işlar bilan tanişdi. 

Qayd qilinişiça, bugungi kunda binolar qurib bitkazilib, pardozlaş işlari olib borilmoqda. Majmua devorlari milliy naqşlar bilan sayqallanadi, naqqoşlik va xattotlik san’ati uyğunlaşadi. Uning devorlariga qadimiy uslubda Qur’oni karim suralari va hadislar yoziladi. 

Prezident taşabbusi bilan majmuada Imom Buxoriy muzeyi ham taşkil etilişi rejalaştirilgan. Tadbirda uşbu muzeyning konseptual loyihasi taqdimoti ham ötkazildi. 

Muzey boy madaniy qadriyatlarimizni özida jam qiliş barobarida zamonaviy dizaynga ega böladi. 8 ta pavilon, xususan, Muhammad alayhissalom va nubuvvat tarixi, hadis ilmining paydo bölişi va rivojlanişi, Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyati, Imom Buxoriy fazilatlari, bolalar bölimi, «Al-jome as-sahih» - Islom dinining ikkinçi manbasi, Imom Buxoriy merosining bugungi kundagi ahamiyati, Yangi Özbekistonda diniy-ma’rifiy islohotlar va Imom Buxoriy merosiga e’tibor kabi mavzularga bölinadi. 

Bundan taşqari, davlat rahbari Özbekistonning Qozoğiston bilan çegaradagi «Ğiştköprik» bojxona posti uçun möljallangan zamonaviy majmua loyihasi bilan tanişdi. Unda yangi terminal, avtomobil yöllari, avtoturargoh, oşxona, tibbiyot xonasi, savdo va maişiy xizmat şoxobçalari barpo etilişi közda tutilmoqda. 

Prezident majmuada yölovçilar uçun barça qulayliklarni yaratiş, bojxona nazorati va yuklarni ötkaziş jarayonini raqamlaştiriş böyiça körsatmalar berdi.