Köp bahs-munozaralarga sabab bölayotgan, e’tiqodga salbiy ta’sir körsatişi, şuningdek, yoşlarni töğri yöldan adaştirişi mumkin bölgan tahdidlarning oldini oliş maqsadida Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov tomonidan «Ixtiloflar va yeçimlar» nomli turkum suhbatlar doirasida «Mazhabga ergaşişning zarurati va foydalari» mavzusida suhbat taşkil qilindi. 

Unda hozirgi kunda xalqimizning mazhabga ergaşişi muhimligi, foydalari va mazhabsizlik zararlari töğrisida söz bordi.

«Eng katta musibat — musulmon ummatining ixtilofi, tortişuvi. Çunki bu oyatga xilof. Qur’oni karimda aytiladi: «Hammangiz Allohning «Arqon»ini mahkam tuting va firqalarga bölinmang…» («Oli Imron» surasi, 103-oyat).

Allohning arqoni bu — şariat, Qur’on va hadis. Mana şuni mahkam uşlang, bir-biringiz bilan ixtilofga bormang deb Alloh taolo Qur’onda alohida oyat buyurgan. Payğambar (s.a.v) ham bir neçta hadisda ummatni tortişmaslikka, ixtilofga bormaslikka çaqiradi. Musulmon musulmon kişini kufrda ayblamasligi kerak. Yaxşi gumonda böliş lozim… 

Nega bitta vatanda yaşab, bir masjidga kirib, bir imomga ergaşib, bitta qiblaga yuzlanib turib, biz hammamiz turliça bölişimiz kerak? Agar qadimdan bizning diyorimizda har xil mazhablar bölganda edi, buni tabiiy qabul qilardik. Bu Şofi’iy ekan, Molikiy ekanda degan fikrlar qilardik. Ammo bir neça asrdirki, barçamiz Hanafiy mazhabida kelyapmiz. E’tibor berilsa, qaçonki «mazhab kerak emas» degan holatlardagina ixtilof kelib çiqqaniga guvoh böliş mumkin. Ungaça tortişuv bölmagan. Bir xil odamlarda «Payğambarimiz (s.a.v) vaqtida mazhab bölganmi?», «ularning özlari qaysi mazhabda bölganlar?» degan savolni berib, mazhablarda turganlarni hayron qoldirişga, mot qilişga harakat bor. 

Tabiiyki, biz ularga «Rasululloh (s.a.v) davrlarida mazhablar bölmagan» deb javob beramiz. Keyin esa ular «unda nega Payğambar (s.a.v)ning yöli, hadislari qolib, siz Hanafiy, Molikiy, Şofi’iy mazhablarini tanlaşingiz kerak» degan da’volarni qiladi. Bularning hammasi esa ilmsizlikdan.

Mazhab sözi arabçadan olingan bölib, «yöl», «yönaliş» degan ma’nolarni bildiradi. Payğambar (s.a.v) davrida ularning özlari har bir savolga javob bergan. Agar sahobalar biror savolga javob topişda qiynalsa, töğridan töğri ularga murojaat qilişgan. U zot har birini tuşuntirib bergan. Bu orqali esa sahobalarning orasida turli tortişuvlar, ixtiloflarning oldi olingan. Lekin öşa davrning özida ham sahobalar Payğambar (s.a.v)ning sözlarini turliça tuşungan, har xil qabul qilgan. Bu tabiiy narsa edi. Mana şundan mazhab kelib çiqqan. Ya’ni turli xil tuşuniş oqibatida mazhablar yuzaga kelgan.