Dastlab “Mohir AI” loyihasi asosçisi Anvar Narzullayev mazkur sun’iy intellekt avvaliga “Aziza” deb nomlangani, keyinroq esa bu nom özgartirilganiga töxtaldi.

“Alişer Sa’dullayev (Yoşlar işlari agentligi direktori) nomini «Aziza» bölsin deb taklif bergandi. Buning ustida ham örganiş qildik. Masalan, «Apple»niki «Siri», Rossiyaniki «Alisa». “Nima uçun bunday ism tanlaşgan” – deb e’tibor bersak, eng kam işlatiladigan ism tanlaş kerak ekan. Çunki köp qöllanadigan ism bölsa, sun’iy intellekt yoqilib ketaveradi. Agar biz sun’iy intellektimizga “Aziza” deb ism qöysak, u işlab ketaverardi. Şuning uçun «Mohir» va «Mohira» deb tanladik. Hozirda ikkalasi uçun alohida qilib 100 soatdan ovoz yozilyapti.

Birinçi navbatda sun’iy intellektni mahalliylaştirişni maqsad qilganmiz. Çunki bu narsa sotib olinadigan tayyor mahsulot emas, uni tilimizga moslaştirişimiz kerak edi.

Global bozorda, misol uçun, Yandeks rus tilida, bu borada yaxşi işlar qilingan. Lekin Özbekistonda Yandeks boşqa mahsulotlar bilan kirib kelgan bölsa ham, özbek tilidagi sun’iy intellekti yöq. Boşqa kompaniyalar bilan ham holat xuddi şunday: Microsoft, Google. Microsoft’ning özbek tilidagi sun’iy intellekti yaqinda çiqdi, lekin uning funksiyalari juda çegaralangan. Ya’ni sun’iy intellekt özbek tilida işlaşi uçun uning ustida özbek mutaxassislari işlaşi kerak. Faqat dasturçilar emas, har bir soha vakili öz hissasini qöşişi kerak. Masalan, sud tizimi uçun şu soha vakili, tibbiyot uçun ham öz vakili bölişi özbek tilida qatnaşişi kerak. Şunda bu narsa özbekça böla oladi.

Hozirgi zamonaviy sun’iy intellektlar juda katta ma’lumotlar ustiga quriladi. Uni yaratiş jarayonida katta hajmdagi ma’lumotlar kerak böladi. Şu narsa uzoq yillar davomida katta muammo bölib kelyapti. Bizda esa özbek tilidagi oçiq ma’lumotlar juda kam. Davlat taşkilotlari yopiq, ma’lumotlarni bermaydi. Maxfiy bölmagan axborotlar ham yiğilmagan yoki tartibli qilib jamlanmagan. Ma’lumot olişimiz uçun bizga doim Statistika qömitasi (hozirgi Statistika agentligi)ning sayti körsatiladi, lekin u yerda juda kam, çegaralangan ma’lumotlar. Şuning uçun ham ayni şu masalada “UzbekVoice AI” loyihasi turtki böldi. Loyiha rahbari Baxtiyor bilan tanişib qolganimda, bazalarni yiğayotganini aytib, sun’iy intellekt qismini yiğişda yordam berişi böyiça taklif qildi. Şu bilan işlar boşlanib ketdi. Eng katta turtki ma’lumotlar bazasi borligi böldi.

Özbek tilida birinçi bölib matnni audioga yoki audioni matnga ögiradigan şakllarini qilyapmiz desak notöğri böladi, lekin bizning model aniqligi baland bölganlardan dastlabkisi hisoblanadi. Biz buni ommaga çiqarayotgan birinçi taşkilot bölamiz. “UzbekVoice AI”ning şarti şunday böldiki, bu ommaviy bölişi kerak. Keyinçalik bulardan boşqalar ham foydalana olişi lozim, uni yopiq yoki özimiz foydalanadigan narsa qilmaslikka kelişdik. Özimiz ham qançadir qismidan tijoriy maqsadda yopiq tarzda foydalanamiz”, dedi Narzullayev.