Özbekistonda barqaror daromad va iste’molning hayot sikli gipotezasi işlaşi aniqlandi. Unga köra, insonlar daromadlari 30 yoşgaça tezlik bilan ösadi, eng yuqori nuqtasi taxminan 30-50 yoş oraliğida saqlanib turadi va 60 yoşdan söng keskin pasayadi. Bu daromad va iste’mol orasidagi farq qarz oliş orqali kompensatsiya qilinişi zarurati mavjudligini bildiradi.
Özbekistonda aholi örtasida ötkazilgan sörov (450 kişi) natijalariga köra, yoş oilalar (oila boquvçisi yoşi örtaça 38 yoş) boşqa oilalarga nisbatan (oila boquvçisi yoşi örtaça 49 yoş) daromadi köproq qismini qarz tölaşga sarflayotganini ma’lum qilgan. Bu yuqoridagi nazariy qaraşga (barqaror daromad va iste’molning hayot sikli gipotezasi) mos kelişi aytilgan.
Bunda, respondentlarning 18 foizi maişiy texnika, 22 foizi uy-joy, 13 foizi avtomobil, 10 foizi öqiş şartnoma tölovi, 11 foizi telefon uçun qarz olgani ma’lum böldi. Qolgan 34 foiz respondentlar qarzi yöqligini bildirgan. Şundan, 18 foiz respondentlarda öz jamğarmalari mavjud.
Sörovnoma natijalari böyiça aholining 10 foizi muddatli tijorat dökonlaridan muddatli tölovga qarz olişni (10 foizi bank kreditini, qolganlar öz va yaqinlari mablaği bölişini) afzal körişini inobatga olib, Özbekistonda tobora ommalaşib borayotgan muddatli tölovga uy jihozlarini taklif etiş bozori örganildi.
Bunda eng ommabop 13 ta internet dökonlaridagi talab yuqori bölgan bir xil rusumdagi smartfon, muzlatgiç, televizor hamda konditsionerlar muddatli tölov narxlari tahlil qilindi.
Natijalar şuni körsatadiki, tanlangan bir xil rusumdagi telefon narxi örtaça 4,8 mln söm, muzlatgiç 8,1 mln söm, televizor 6,8 mln söm va konditsioner 6,1 mln sömdan sotilayotganligi aniqlandi. Aynan mazkur tovarlar dökonlar tomonidan 12 oyga muddatli tölov orqali yillik stavkasi örtaça 70 foizdan 77 foizgaça xaridorlarga taqdim etilmoqda.
“Uşbu bozorlarda narxlar va muddatli foiz tölovlari örtasidagi katta tafovut bir tomondan, aholi orasida ma’lumotlarning notekis taqsimlanganligi hamda ularning moliyaviy savodxonligini yanada yaxşilaş böyiça tadbirlarga ehtiyoj borligini körsatadi. Ikkinçi tomondan, bank xizmatlaridan foydalaniş imkoniyati çeklangan norasmiy iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan aholi muddatli tölov bozoridan köproq foydalangan bölişi mumkin”, deyiladi ma’lumotda.













