2023 yil 17 mart kuni Buxoro viloyati sudida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus şahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işini körib çiqiş yakuni böyiça sud qarori e’lon qilinadi.
Eslatib ötamiz, 28 fevral kuni ötkazilgan sönggi mahkamada prokuratura 37 nafar ayblanuvçini 5 yildan 12 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş, 2 nafariga ozodlikni çeklaş tarzidagi jazoni tayinlaşni söragan edi.
Davlat ayblovçilari öz nutqida barça sudlanuvçilar aybli degan xulosaga kelinganini ma’lum qildi. Şuningdek, ularga nisbatan qöllanişi lozim bölgan jazo turi va me’yori haqidagi fikrlari bayon qilindi.
Sud majlisida 3 nafar advokat va 2 nafar himoyaçining muzokara sözi tinglanib, barça sudlanuvçilarning himoya va oxirgi sözlari eşitildi.
Şundan söng, sud hukm çiqariş uçun tanaffus e’lon qilgan edi.









