Turkiya Respublikasining Toşkentdagi elçixonasi döstlik, birodarlik, yordam va kömak körsatib kelayotgan Özbekistonga ramziy ma’noda minnatdorlik bildiriş maqsadida «Taşakkur qabul marosimi»ni taşkil etdi.
Tadbirda Turkiyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Olgan Bekar nutq sözladi.
«Röy bergan zilzilalar oqibatida Turkiya «Asr falokatini» boşidan ötkazdi. Bugungi kungaça 7 nafar özbek qardoşimiz bilan jami 47 475 kişini uşbu maş’um falokatda yöqotdik», dedi elçi.
Bekar sözlariga köra, Özbekiston davlati va xalqi bu maş’um falokatdan söng olijanobligini namoyiş etib, Turkiyani yolğizlatib qöymadi.
«Zilzila xabari kelib tuşgan ilk lahzalardanoq elçixonamiz muvofiqlaştiruvida Toşkentda 3 ta manzilda zarur buyumlar yiğildi. 8 fevral kuni 71 kişilik tibbiyot xodimi Turkiyaning Hatoy viloyatida dala gospitali örnatib, jarohat olganlarni davolaşga kirişdi. Dala gospitalida 1 795 nafar erkak, 1 177 ayol va 888 nafar bolaga, jami 3 860 nafar Turkiya fuqarosiga tibbiy yordam körsatildi. Şu bilan birga yurtdoşlarimiz zilzila hududlariga borib, özbek palovini pişirib, ehtiyojmandlarga tarqatdi», dedi elçi.
Bekar sözlariga köra, «Özbekiston havo yöllari», «Turk havo yöllari», MNG Kargo va yuk transportlari orqali bugungaça Turkiyaga 674 tonna gumanitar yordam yetkazib berilgan.
«Bugungi kungaça 644 ming AQŞ dollari miqdorida naqd mablağ mamlakatimizga yuborildi. Mablağlar hamon kelişda davom etmoqda. Bizdan yordamini ayamagan mutasaddilarga minnatdorlik izhor etişni özimning burçim deb bilaman», dedi elçi.














