Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov keça Qatar elçisi Hasan Hamza Haşem bilan uçraşdi.
Suhbat çoğida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqovning joriy yil fevral oyida Dohaga taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlar ijrosi körib çiqildi. Gap mart oyida ikki davlat örtasida Savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyaning 1-yiğilişi hamda Toşkentda ikki davlatning qöşma biznes-forumini ötkaziş haqida ketmoqda.
Muzokaralar çoğida ikki davlat örtasida amalda bölgan barça kelişuvlarning samarali va öz vaqtida bajarilişini ta’minlaş, ikki tomonlama hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilaş, biznes tuzilmalari örtasida şeriklik munosabatlarini örnatiş, tösiqlik qiluvçi muammolarni aniqlaş va ularni bartaraf etişga qaratilgan yeçim topiş böyiça qöşma işçi guruh tuzişga kelişib olindi.
Uçraşuv yakunlari böyiça qator qöşma loyihalarni, jumladan Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida buğ-gaz elektr stansiyalarini quriş, sayyohlik oqimi va özaro savdo hajmini oşiriş maqsadida Qatar Airways aviakompaniyasi tomonidan ikki mamlakat poytaxtlari örtasida töğridan töğri havo qatnovlarini taşkil etiş böyiça taşabbuslarni hayotga tatbiq etişni jadallaştirişga kelişildi.








