Vaqtlar ötib texnikalar yordamida insoniyat hayoti yengillaşgani sayin xodimlar işlaş uçun sarflaydigan mehnat vaqti ham qisqarib boryapti. Masalan, texnika inqilobidan oldin odamlar dam oliş kunlarisiz, kuniga 10 soatdan ortiq işlagan bölsa, keyinçalik 8 soatlik iş kuniga, söng 5 kunlik iş haftasiga ötilgan. Hozir esa 4 kunlik iş haftasi ustida tadqiqotlar olib borilyapti.

2022 yilda 4 Day Week Global nodavlat notijorat taşkiloti bilan hamkorlikda Irlandiya, AQŞ, Avstraliya va yangi zelandiyalik iş beruvçilar 4 kunlik iş haftasini sinovdan ötkazib kördi.

Buyuk Britaniyadan eng köp iş beruvçi sinovlarda qatnaşdi. 4 kunlik iş haftasi tadqiqotlarida 73 kompaniya va ularning 3,3 ming xodimi iştirok etdi. Natijaga köra, haftasiga 4 kunlik iş bölişi, biroq 5 kunlik uçun möljallangan maoş tölanişi rahbariyatlar uçun ham, xodimlar uçun ham samarali bölgan.

Sinovdan söng Buyuk Britaniyadagi 73 ta kompaniyaning 86 foizi kelajakda 4 kunlik iş haftasini joriy etişi mumkinligini bildirgan.

Yuqori samaradorlik

Sinovlarga köra, iş vaqti kamroq bölsa ham, xodimlar iş unumdorligi ortadi. Bu 2019 yilda Microsoftʼning Yaponiya ofisida ötkazilgan tadqiqotda ham isbotini topgan. 4 kunlik iş haftasi joriy qilingan muddatda Microsoft xodimlarining iş unumdorligi 40 foizga oşgan, kompaniyaning elektrga ketadigan xarajatlari esa 23 foizga kamaygan.

Tadqiqotda qatnaşgan irland işçisining aytişiça, uning iş unumdorligi oşişiga kun tartibiga öta diqqat bilan e’tibor qaratgani, hamma narsani rejalaştirib, iş haftasidagi asosiy vazifalarini töğri qöygani sabab bölgan.

Baxtli işçilar

Albatta, 4 kun işlaşni iş beruvçilardan ham köproq xodimlar xohlaşi aniq. Sinovda qatnaşgan har 10 nafar xodimdan 8 nafari 4 kunlik iş haftasini xohlaşini bildirgan. Ular 4 kunlik iş haftasiga 10 balldan 9,1 berişgan va özlarida stress, çarçoq, iş-oila nizolari kamayganini bildirişgan.

Xodimlar jismoniy va aqliy salomatligi yaxşilanganini, iş va şaxsiy hayoti balansi muvozanatlaşganini, hayotdan qoniqiş hissi oşganini bildirişgan.