Ijtimoiy tarmoqlarda oylik maoşi keçikayotgani va tölovlardagi noaniqliklar yuzasidan avtobus haydovçilarining eʼtirozi aks etgan video tarqaldi. Bitta haydovçi maoşini ololmagani uçun kredit olişga majbur bölganini taʼkidlagan bölsa, boşqasi oyiga 1,5 mln odam taşiyotganiga urğu berib, bu iş uçun 6 mln söm oylik kam ekanligini taʼkidlagan. «Toşşahartransxizmat» holat böyiça izoh berib, eʼtirozlarni örganiş uçun maxsus işçi guruh tuzilişini maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, «Toşşahartransxizmat»ning sakkizta avtobus saroyida işlovçi haydovçilarning maoşi işlangan oy yakunlanganidan söng hisoblanadi. Keyingi oyning 1-sanasidan 10-sanasiga qadar haydovçining bir oyda işlagan soati, bajargan qatnovlari soni va muntazamligi tekşiriladi.
«Şundan keyin haydovçining bir oy davomida yönalişda harakatlangan vaqtda sodir etgan qoidabuzarliklari tekşiriladi. Barça maʼlumotlar yiğilgandan söng, keyingi oyning 10-sanasidan oylik maoşning aniq hisobi çiqariladi va haydovçilarga tölana boşlanadi», deyiladi rasmiy xabarda.
Taʼkidlanişiça, avgust oyi uçun hisoblangan oylik maoşlar barça haydovçilarga 15-sentabr kunidan boşlab tölanişi boşlangan.
18-sentabr kuni keçqurun «Toşşahartransxizmat» maxsus işçi guruh örganişlari böyiça xulosalarni ham eʼlon qildi.
Tekşiruv davomida haydovçilarning mehnat faoliyati, iş vaqti, bajargan qatnovlari, yönalişdagi harakatlari, sodir etilgan qoidabuzarliklar hamda ularga hisoblangan iş haqi bilan boğliq maʼlumotlar atrofliça örganilgan.
«Örganiş natijalariga köra, haydovçilarning iş haqi notöğri hisoblangani yoki ularga belgilangan tartibdan kam miqdorda oylik maoş tölangani holatlari aniqlanmadi. Şuningdek, ayrim haydovçilarga iş faoliyati davomida yöl harakati va belgilangan tartib-qoidalarni buzganligi sababli tegişli tartibda jarimalar qöllanilgani aniqlandi. Mazkur jarimalar haydovçilarning iş haqi hisob-kitoblarida amaldagi tartib va belgilangan mezonlar asosida inobatga olingan. Şu bilan birga, tekşiruv davomida videomurojaatda bildirilgan ayrim eʼtirozlar iş haqi hisob-kitoblari bilan boğliq bölmagan holatlar ekani maʼlum böldi», deyiladi «Toşşahartransxizmat» xabarida.












