Hozirgi vaqtda Özbekiston inson huquqlari böyiça 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan, BMTning 6 ta asosiy şartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qöşilgan.
Inson huquqlarini tan oliş nafaqat ularni amalga oşiriş huquqini, balki muayyan majburiyatlarni bajarişni ham anglatadi. Xalqaro huquqqa muvofiq, davlat inson huquqlarini hurmat qiliş, himoya qiliş va ularni röyobga çiqariş majburiyatlarini öz zimmasiga oladi. Şu sababli, konstitutsiyaning 20-moddasi takomillaştirilib, aniq mexanizmlar bilan töldirilmoqda. Uşbu moddada fuqaro hamda davlat bir-biriga nisbatan özaro huquq va majburiyatlar bilan boğliqligi belgilanyapti.
Yangilanayotgan konstitutsiyada insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolar özini özi boşqariş organlari, ularning mansabdor şaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaşi aniq körsatib berilmoqda. Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qöllanadigan huquqiy ta’sir çoralari mutanosiblik prinsipiga asoslanişi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erişiş uçun yetarli bölişi kerakligi ta’kidlanyapti.
Har bir davlat öz fuqarolari bilan munosabatga kirişar ekan, alohida huquq va majburiyatlarga ega böladi. Ya’ni davlat ham, fuqaro ham öziga xos huquqlarga hamda majburiyatlarga ega. Masalan, davlat fuqarolar uçun xavfsizlik, farovonlik, tinçlik va yaxşi hayot keçiriş uçun şart-şaroitlar yaratib beriş kabi majburiyatlarga ega bölsa, fuqarolar qonunlarga böysuniş, burç va majburiyatlarni bajariş kabi mas’uliyatni öz zimmasiga oladi. Yangi konstitutsiyada uşbu prinsiplar alohida belgilanyapti. Bunda asosiy urğu insonning huquq va erkinliklariga qaratilmoqda. Şu jumladan, qonunlar insonlar oğirini yengil qilib, turmuş tarzi yaxşilanişini ta’minlaşi lozim.
Masalan, davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qöllanadigan huquqiy ta’sir çoralari mutanosiblik prinsipiga asoslanadi. Ya’ni jazolaş yoki boşqa ta’sir körsatişning çegarasi insoniylikka borib taqaladi.
Aytaylik, şaxs tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi, lekin u davlat röyxatidan ötmasdan yoki ruxsat beruvçi hujjatlarni olmasdan iş boşladi. Bunday holat uçun yaqin yillargaça uning faoliyati tugatilgan yoki töxtatib qöyilgan. Bugungi kunga kelib, unga özi sodir etgan harakat huquqbuzarlik ekani tuşuntiriladi hamda ruxsat beruvçi yoki litsenziya hujjatini oliş uçun muayyan vaqt ajratiladi. Bundan közlangan maqsad ham qonun ustuvorligini ta’minlaş, ham bitta tadbirkorni saqlab qoliş. Mana şu mutanosiblik prinsipi, mana şu maqsadga erişiş uçun yetarli bölgan çora hisoblanadi.
Fuqarolarning yaşaş, şaxsiy qadr-qimmatini muhofaza etiş, hayot daxlsizligi, vijdon erkinligi va e’tiqod erkinligi kabi huquqlari çeklanişi mumkin emas. Ayni paytda fuqarolar öz huquq va erkinliklarini amalga oşirişda boşqa şaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasligi şartligiga oid umuminsoniy qoida saqlanib qoladi.












