Xalqaro mehnat taşkiloti tomonidan berilgan rasmiy ma’lumotlarga köra, 2021 yilda dunyo böylab 28 millionga yaqin odam majburiy mehnatning qurboniga aylangan. Şundan 17,3 million nafari xususiy iqtisodiy sektorda majburiy mehnatga jalb qilingan. 11 millioni ayollar bölsa, qariyb 4 millionini bolalar taşkil etadi.
Garçi Xalqaro mehnat taşkilotining “Majburiy mehnat töğrisida”gi 29-sonli Konvensiyasi 1930 yilda, Konvensiyaning qöşimça bayonnomasi 2014 yilda tasdiqlangan bölsa ham, majburiy mehnatni yöqotiş hamon xalqaro xamjamiyat oldida turgan eng muhim masalalardan biri bölib qolmoqda.
Özbekistonda ham yaqin yillargaça öqituvçi va pedagoglar, öquvçi va talabalarning majburiy mehnatga, ayniqsa paxta yetiştirişga jalb etilişi oddiy hol edi. Aynan şuning uçun uzoq yillar davomida özbekning oppoq paxtasi jahon hamjamiyati oldida Özbekiston uçun qora doğ bölib keldi. Vaziyat şu darajaga yetib borgandiki, mamlakatdagi va xorijdagi inson huquqlari faollari Özbekistonda paxta yetiştirişda majburiy mehnat, ayniqsa, bolalar mehnatidan foydalanilgani sababli özbek paxtasiga boykot e’lon qiliş böyiça petitsiyaga imzo çekişgandi.
Uşbu petitsiya BMTning inson huquqlari kengaşi, Xalqaro mehnat taşkiloti, YUNISEF, Jahon banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, şuningdek, AQŞ davlat departamenti, Yevropa Ittifoqi, yirik paxta eksporti hamda töqimaçilik sohasida faoliyat körsatayotgan kompaniyalarga taqdim etildi. Buning natijasida 2010 yildan boşlab Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi özbek paxatasiga boykot e’lon qilib, uni sotib olişdan voz keçdi.
Xaqli savol tuğiladi: pedagog, tibbiy xodimlar, talaba va öquvçilarni paxta teriş yoki boşqa qişloq xöjaligi, obodonlaştiriş işlariga, navbatçilikka majburiy jalb etiş orqali biz nimaga erişdik? Heç narsaga. Faqat yöqotdik, xolos. Öquvçi va talabalarni savodsiz, jamiyat taraqqiyotiga mas’ul bölgan öqituvçilarni, aholi salomatligiga hamda millat genofondiga mas’ul soğliqni saqlaş xodimlarini barçaga haşarçi qildik.
Bu nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy ahvolimizga, balki millatning rivojlanişidagi uzoq muddatli yöqotişlariga sabab böldi.
Şu sababli, insonlarning huquq va erkinlarini ta’minlaş, şu bilan birga majburiy mehnatni batamom tugatiş davlat siyosatining ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi. Uzoq yillik maşaqqatli mehnat, maqsad sari sobitqadamlik bilan olğa boriş, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasining sa’y-harakati, qişloq xöjaligi sohasida islohotlar ötkazilişi öz samarasini berdi: 2022 yil 10 mart kuni xalqaro Cotton Campaign taşkiloti Özbekistonga nisbatan joriy etilgan 12 yillik sanksiyalarni bekor qildi.












