Qayd etilişiça, bu loyihani amalga oşiriş uçun tanlab olingan hudud dengiz sathidan 500 metr baland bölib, şaharga yaqinligi, öz iqlimi, bahavoligi va ikki daryo örtasida joylaşgani bilan noyob hisoblanadi.
Hozirgi Toşkent 43 ming gektar hududni egallaydi. Yangi Toşkent loyihasi doirasida qöşimça 20 ming gektarda 1 million aholi yaşaşi uçun qulay şaroit yaratiladi va şunga mos infratuzilma bilan ta’minlanadi.
Birinçi bosqiçda 60 ming aholiga möljallangan köp qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar boğçasi, köp tarmoqli şifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi. Yangi Özbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham şu yerda joylaşadi.
Ma’lum qilinişiça, bosqiçma-bosqiç davlat idoralari ham Yangi Toşkentga köçib boradi. Ularning hozirgi binolari örnida mehmonxonalar, xizmat körsatiş va savdo obektlari oçilib, Toşkent zamonaviy turizm va biznes markaziga aylanadi.
















