Uçraşuvda mazkur korporatsiya bilan yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari körib çiqildi.
Mamlakatimiz yetakçisi hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilab berdi. Xususan, toğ-kon sanoati, metallurgiya, quriliş sohalaridagi şeriklikni kengaytiriş hamda şahar infratuzilmasiga raqamli yeçimlarni joriy etiş nazarda tutilmoqda.
Muzokaralar yakunida köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça qöşma «yöl xaritasi»ni qabul qilişga kelişildi.
Eldridge Industries aktivlarni boşqariş, suğurta, köçmas mulk, infratuzilma, texnologiyalar, sport va media sohalarida faoliyat yurituvçi investitsiyaviy holding. Boşqaruvida qiymati 75 milliard dollardan ziyod aktivlar mavjud.

















